"Bavariya" Levandovski, Noyer va Myuller bilan shartnomani uzaytirishga shubhalanmayapti
17 mar 2022 18:23
Yangiliklar
"Bavariya" Levandovski, Noyer va Myuller bilan shartnomani uzaytirishga shubhalanmayapti
"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner klub darvozabon Manuel Noyer, yarim himoyachi Tomas Myuller va forvard Robert Levandovski bilan shartnoma imzolashga amin ekanligini aytdi.
"Biz Levandovski, Noyer va Myuller bilan muzokaralar borasida hotirjammiz. Bizda hali etarli vaqt bor va o'yinchilar buni biladi.
Levandovski uni qanchalik jiddiy qadrlashimizni biladi", - deydi Xayner.
Noyer, Myuller va Levandovskining "Bavariya" bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar