"Bavariya" himoyachisi "Napoli"ga o'tishni istamadi
27 mar 2019 15:32
Yangiliklar


"Bavariya" himoyachisi "Napoli"ga o'tishni istamadi
"Bavariya" himoyachisi Rafinya o'yin amaliyoti kam bo'lishiga qaramasdan "Napoli"ga o'tishni xohlamadi.
"Biz Anchelotti bilan xabar almashdik. Janob Anchelottini juda hurmat qilaman. U meni Neapolga taklif qildi. Ammo "Bavariya"ga sodiqligi tufayli, taklifni rad etdim. Yaqindagina nemislar bilan yangi bitim imzoladim va hozir jamoani tark etish noto'g'ri bo'lardi" - deydi himoyachi.
Rafinya 2011 yildan beri "Bavariya"da to'p tepadi. 33 yoshli braziliyalik 7 yil ichida klub bilan 15ta sovrin qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar