"Bavariya" Gvardiola bilan ketma-ket uchta Germaniya superkubogini yutqazdi
02 avg 2015 02:12
Yangiliklar


"Bavariya" Gvardiola bilan ketma-ket uchta Germaniya superkubogini yutqazdi
Myunxenning "Bavariya" jamoasi so'nggi bor Germaniya superkubogida Gvardiola kelishi oldidan g'alaba qozongan edi. "Bavariya" 2012 yilda Yupp Xaynkes qo'li ostida ushbu musobaqada g'olib chiqqandi. SHundan so'ng jamoa ruliga Gvardiola kelib o'tirdi va "Bavariya" ketma-ket uch yildan buyon Germaniya superkubogida raqibiga imkoniyatni boy bermoqda.
Bu safar myunxenliklar "Volfsburg" bilan bo'lgan bahsda tayyor g'alabani qo'ldan boy berishdi. Penaltilar seriyasida "bo'rilar" "Bavariya"ni engishdi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi paytlarda Gvariolaning "Bavariya" bilan oradagi shartnomani uzaytirmasligi haqidagi xabarlar ko'p uchramoqda. Mahalliy ishqibozlar ham Pepning ishidan ko'ngillari to'layotgani yo'q.
Xosep Gvardiolaning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi ushbu mavsumdan so'ng o'z nihoyasiga etadi.
Gvardiola "Bavariya"ga kelganidan buyon hali biror marta Germaniya superkubogini qo'lga kiritgani yo'q.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar