"Bavariya" g'alaba qozondi. Flik esa afsusda. Nima uchun?
18 mar 2021 09:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625896_original.jpg)
![](/upload/storage/625896_220.jpg)
"Bavariya" g'alaba qozondi. Flik esa afsusda. Nima uchun?
"Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Lacio" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Men uchun o'yinda g'alaba qozonishimiz muhim edi. "Lacio" yaxshi himoyalandi, ammo o'ylaymanki, haqli ravishda g'alaba qozondi. Gol o'tkazib yuborganimizdan esa afsusdaman.
Bizda kuchli hujum chizig'i bor. Biz shunday o'ynashda va himoyalanishda davom etishimiz muhim. Himoyalanishni hujumchilarimiz boshlab berishlari kerak, bu raqibga bosim o'tkazadi.
Albatta orada raqiblarda ham vaziyatlar yuzaga keladi. Ammo men aynan shunday o'ynashimizni istayman", - dedi Flik.
O’xshash yangiliklar
10:09
Flik "Barselona"ning "Sevilya" ustidan qo'lga kiritgan yirik hisobdagi g'alabasi haqida nima dedi? 7
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar