"Bavariya" futbolchisi "Borussiya" ustidan qozonilgan g'alabani ishdan haydalgan Nagelsmannga bag'ishladi
02 apr 2023 01:20
Yangiliklar
"Bavariya" futbolchisi "Borussiya" ustidan qozonilgan g'alabani ishdan haydalgan Nagelsmannga bag'ishladi
"Bavariya" himoyachisi Benjamen Pavar Dortmundning "Borussiya" klubi ustidan qozongan g'alabani Yulian Nagelsmannga bag'ishladi.
35 yoshli mutaxassis 24 mart kuni "Bavariya" bosh murabbiyligidan haydalgan edi. Bugun Myunxen jamoasi Tomas Tuxel bilan Dortmundning "Borussiya"sini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
"Nagelsmanning istefosidan hayron bo'ldik. Bugungi g'alabani unga bag'ishlamoqchiman.
Ammo bu futbol, ushbu qarorlarni futbolchilar qabul qilmaydi. Yangi murabbiy katta tajribaga ega va muvaffaqiyatli. Biz olg'a qadam tashlashda davom etib, bugungidek g'alabalarni qo'lga kiritishimiz kerak" - deydi Pavar.
Fikrlar