"Bavariya" futbolchisi armiyada qanday xizmat qilganini aytdi
22 iyu 2023 20:53
Yangiliklar
"Bavariya" futbolchisi armiyada qanday xizmat qilganini aytdi
"Bavariya" himoyachisi Kim Min Je vatanida harbiy xizmatni o'tagani haqida gapirdi.
"Bizni vatanni himoya qilish ruhida tarbiyalashdi. Armiyada futboldan tashqari bo'lgan barcha narsani o'rgandim. Avtomatdan o'q otdim, 25 kilogrammli ryukzak bilan uzoq masofaga yugurdim", - dedi Kim Min Je.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" janubiy koreyalik futbolchi uchun "Napoli"ga 50 mln evro to'ladi. Italiya klubiga qadar u "Fenerbaxche" tarkibida o'ynagan.
Fikrlar