"Bavariya" forvardi mavsum oxirida jamoadan ketadi
23 apr 2024 13:31
Yangiliklar
"Bavariya" forvardi mavsum oxirida jamoadan ketadi
Erik-Maksim SHupo-Moting bilan shartnoma uzaytirilmaydi.
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchi Erik-Maksim SHupo-Moting mavsum oxirida jamoani tark etadi, deb xabar berdi "Sky Sports" muxbiri Florian Plettenberg.

Xabar qilinishicha, myunxenliklar 35 yoshli SHupo-Motingning yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirmaydi. Kamerunlik futbolchi hozirda "Bavariya"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biri bo'lib, yiliga 10 million evrogacha maosh oladi. Unga allaqachon Saudiya Arabistoni va Qatardan takliflar bor.
Erik-Maksim SHupo-Moting joriy mavsum "Bavariya" libosida 31 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
17:22
"Manchester Yunayted" Semeno bo'yicha muvaffaqiyatsizlikdan keyin "Leypcig" yulduziga ko'z tikdi 4
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar