"Bavariya" Dibala uchun 80 million evro taklif qildi

Mirjalol Normatov
31 may 2019, 00:32
"Yuventus" yarim himoyachisi Paulo Dibala "Bavariya"ga o'tishi mumkin.

"Tutto Juve" xabariga ko'ra, myunxenliklar argentinalik uchun 80 million evro to'lashga tayyor turibdi. "Bavariya" Sane transferini eplay olmaganidan keyin Dibalani tarkibga qo'shib olish uchun jiddiy bel bog'lagan.

25 yoshli argentinalik A Seriyada 30 o'yin o'tkazib, 5 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tutto Juve