"Bavariya" dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazdi (VIDEO)
07 iyu 2017 08:11
Yangiliklar
"Bavariya" dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazdi (VIDEO)
"Bavariya"ning ilk raqibi havaskorlar jamoasi "Volfratsxauzen" bo'ldi.
Ushbu bellashuvda asosiy tarkib futbolchilaridan Tom SHtarke, Mats Xummels hamda Kingsli Koman harakat qildi. Jarohatidan endigina forig' bo'layotgan Jerom Boateng, Frank Riberi va Xavi Martines ushbu bahsda ishtirok etishmadi.
Bu uchchovlon Myunxenda qolishdi va yakka tartibda shug'ullanishdi.
Qolgan futbolchilar esa hali yozgi tatildan qaytishgani yo'q.
O'tgan mavsum yakunida faoliyatini tugatgan Tom SHtarke "Bavariya" manfaati yo'lida Ulrayx va Noyer safga qaytganiga qadar vaqtincha jamoa darvozasini qo'riqlab turibdi.
Uchrashuvda "Bavariya" jamoasi 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Anchelotti ushbu bellashuvga quyiagi tarkibni maydonga tushirdi:
"Bavariya": SHtarke (31. Xoffmann) – Tyurkkalessi (31. Obermayer), Feldxan (31. Mai), Xummels, Fridl – Pantovich, Fayn (31. Tarnat) – Koman, Myuller (45. Xingerl), Tilman – Vintcxaymer (31. Evina)
Gollarni Tomas Myuller, Manuel Fintcxaymer hamda Frank Evin (2ta) kiritishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar