"Bavariya" "CHelsi" yarim himoyachisini nishonga oldi
27 apr 2023 13:11
Yangiliklar
"Bavariya" "CHelsi" yarim himoyachisi Mateo Kovachichni safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar berdi "Bild". Myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel xorvatiyalik futbolchining transferini talab qilmoqda. U Kovachichni "CHelsi"dagi birgalikdagi va muvaffaqiyatli (2021 yilda CHempionlar Ligasini yutgan) ishidan yaxshi biladi.
SHu bilan birga, "ko'klar" muzokaralar borasida futbolchiga ham, "Bavariya"ga ham to'sqinlik qilmaydi. Kovachichning "CHelsi" bilan shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Yani, kelayotgan yoz londonliklar uchun xorvatiyalik o'yinchini munosib miqdorda sotish uchun so'nggi imkoniyatdir.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar