"Bavariya" bugun etakchisi bilan shartnomani uzaytiradi
29 avg 2019 16:35
Yangiliklar
"Bavariya" bugun etakchisi bilan shartnomani uzaytiradi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski bugun klub bilan shartnomasini uzaytiradi.
Polsha terma jamoasi forvardi bugun klub bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytiradi.
Polyak sal oldinroq Germaniya Superkubogi doirasidagi "Borussiya" (0:2)ga qarshi o'yindan so'ng klubning transfer siyosatidan norozi bo'layotgan edi. Faqatgina Filippe Koutino jamoaga kelganidan so'ng futbolchi shartnomani uzaytirishga rozi bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Robert "Bavariya"ga 2014 yildan Dortmundning "Borussiya" klubidan kelib qo'shilgan edi.
Futbolchi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 51ta o'yinda maydonga tushib, 34ta gol va 9ta assistga erishgan.
Fikrlar