"Bavariya", "Barsa" va "Real" qiziqish bildirgan Olmo "Leypcig" bilan shartnomasini uzaytirdi
02 iyu 2023 11:38
Yangiliklar
"Bavariya", "Barsa" va "Real" qiziqish bildirgan Olmo "Leypcig" bilan shartnomasini uzaytirdi
Dani Olmo "Leypcig" bilan yangi shartnomaga imzo chekdi.
Nemis klubi yarim himoyachi 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomani imzolaganini malum qildi.
Ispaniyalik "Leypcig" safida 2020 yildan buyon to'p tepadi. Jamoa safida u 122 o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 29 ta golli uzatma etkazib bergan.
Avvalroq, "Barselona", "Real", "Manchester Yunayted" va "Bavariya" kabi klublar futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchiligi haqida xabarlar chiqqandi.
May oyida esa futbolchining o'zi yaqin kunlarda barchasi aniq bo'lishini aytgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar