"Bavariya" azolari ertangi uchrashuv oldidan fikr bildirishdi
26 noy 2018 22:15
Yangiliklar
"Bavariya" azolari ertangi uchrashuv oldidan fikr bildirishdi
Niko Kovach: "Benfika"ni o'z uyida mag'lub etishimiz shart ekanligini bilamiz. 90 daqiqada hamma narsa bo'lishi mumkin. SHogirdlarimni shunga muvofiq tayyorladim. Men jangchiman. Taslim bo'lish hech qachon tanlovim bo'lmagan. Doim yuqori maqsadlarni ko'zlab, kurashishda davom etaman".
"Ertangi bahsda Korenten Tolisso, Tyago, Kingsli Koman, Xames maydonga tushishmaydi. Gnabrining holatini ko'rib chiqishimiz kerak. Lekin, uchrashuvga tayyor deb o'ylamayman. Sanshesh haqida gapiradigan bo'lsam, Renato o'sishda davom etmoqda. Uning futbolchi sifatida rivojlanishi, o'zim va jamoamni hursand qiladi".
Renato Sanshesh ertaga sobiq jamoadoshlariga qarshi saf tortadi.
Renato Sanshesh: " Ertaga hissiyotlarga boy uchrashuv bo'ladi. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun harakat qiladi. Jamoadoshlarim bilan eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishni xohlaymiz. Ertangi o'yin men uchun juda muhim. Har bir ishqibozning qo'llab-quvvatlashini his qilaman. Ertaga men uchun atalgan kun bo'ladi".
Fikrlar