"Bavariya" "Ayaks" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
12 fev 2020 00:50
Yangiliklar
"Bavariya" "Ayaks" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Amsterdamning "Ayaks" klubi o'ng qanot himoyachisi Serjino Dest faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.
"Bild" nashri xabariga ko'ra, Myunxen klubi Joshua Kimmixni markaziy yarim himoya chizig'iga ko'chirish maqsadida qanot himoyachisi izlamoqda. "Bavariya" skautlarining nigohi Serjino Destga qaratilgan.
Malumot uchun, 19 yoshli Dest "Ayaks" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 27 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2ta gol va 6ta samarali uzatma yozdirib qo'ygan. Destning golland jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyunida nihoyasiga etadi. "Transfermarkt" portali malumotlariga ko'ra, uning joriy transfer bahosi 12 million evroga teng.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar