"Bavariya" "Ayaks" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

12 fev 2020, 00:50
Amstyerdamning "Ayaks" klubi o'ng qanot himoyachisi Serjino Dest faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

"Bild" nashri xabariga ko'ra, Myunxen klubi Joshua Kimmixni markaziy yarim himoya chizig'iga ko'chirish maqsadida qanot himoyachisi izlamoqda. "Bavariya" skautlarining nigohi Serjino Destga qaratilgan. 

Ma'lumot uchun, 19 yoshli Dest "Ayaks" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 27 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2ta gol va 6ta samarali uzatma yozdirib qo'ygan. Destning golland jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyunida nihoyasiga etadi. "Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, uning joriy transfer bahosi 12 million evroga teng.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild