"Bavariya" Alonso uchun kurashda "Liverpul"ni ortda qoldirmoqda. Vaziyat oxirgi xaftalarda o'zgardi Yangiliklar

"Bavariya" Alonso uchun kurashda "Liverpul"ni ortda qoldirmoqda. Vaziyat oxirgi xaftalarda o'zgardi

Murabbiyning Germaniyada qolish ehtimolligi oshib bormoqda.

"Bayer" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso ayni damda "Livurpul"dan ko'ra "Bavariya"ga o'tishga yaqinroq. Hozirgi paytda myunxenliklar murabbiyni qo'lga kiritish bo'yicha eng yaxshi imkoniyatga ega bo'lib turishibdi. Bu haqda taniqli insayder Janluka Di Marcioning so'zlariga tayangan holda jurnalist Florian Plettenberg malum qildi.

"2-3 hafta oldin "Liverpul"da yaxshiroq imkoniyat bor edi, ammo "Bavariya" shundan so'ng aktiv tarzda harakatlarni boshlab yubordi. Nemis klubi uchun Alonso mukammal variant hisoblanadi. Hozirda "Bavariya" murabbiy uchun kurashda "Liverpul"ni ortda qoldirmoqda", -deb yozadi Florian Plettenberg o'z hamkasbining so'zlaridan kelib chiqqan holda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика