"Bavariya" afsonasi Lyuka Ernandesni jiddiy tanqid qildi
30 iyu 2023 14:56
Yangiliklar
"Bavariya" afsonasi Lyuka Ernandesni jiddiy tanqid qildi
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus PSJga o'tib ketgan himoyachi Lyuka Ernandesni tanqid qildi.
"Bundan bir qancha oylar oldin Ernandesga taklif tushadigan bo'lsa, Rayner Kalmundning bir iborasini ishlatish kerak degandim: "Uning ortiga muxr bosib, tezroq qutuling".
Lyukadan klubning biror insoni minnatdor emas, o'z xarakterini ham namoyish qila olmadi. Agarda u "Bavariya" uchun mehnat qilishni istaganida, kamtarlik bilan shartnoma tuzardi. CHunki o'tgan 4 yil mobaynida maydondan tashqaridagi va shaxsiy hayotidagi muammolarida ham "Bavariya" unga yordam berib turdi.
Men uchun Ernandes - xarakteri yo'q futbolchi sifatida yorqin namuna", - dedi Matteus.
Eslatib o'tamiz, PSJ futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va transferi uchun 45-50 mln evro to'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar