“Bavariya” 16 yoshli shved futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
27 okt 2017 23:13
Yangiliklar
“Bavariya” 16 yoshli shved futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
SHveciyalik futbolchi 2019 yilning 1 iyulidan boshlab Myunxen jamoasi azosiga aylanadi, deya xabar bermoqda “Bavariya” rasmiy sayti.
Unga qadar futbolchi “Xelsingborg” sharafini himoya qilishda davom etadi. Joriy mavsumda yosh futbolchi SHveciya ligasida 16 ta bahsda maydonga tushib, ikkita gol kiritishga erishgan.
“Aleks Timossi Anderson – juda iqtidorli futbolchi. U “Bavariya”da o'ynab ketishiga ishonamiz. Bizning jamoaga qo'shilguniga qadar u jonajon klubi tarkibida tajriba to'plashda davom etadi”, dedi “Bavariya” sport direktori Hasan Salihamijich.
Hujumkor futbolchi SHveciya U-15 terma jamoasi safida to'rtta uchrashuv o'tkazib, oltita gol urgan bo'lsa, U-16 termasi safida 7 ta o'yinda 2 bor raqiblari darvozasini aniq nishonga olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar