"Bavariya" 130 million evrolik transferni amalga oshiradimi?

Alisher
21 mar 2020, 10:20
"Bavariya" "Bayer" yarim himoyachisi Kay Xavercning transferi ustida ishlamoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, Myunxen klubi Xavercni yozda xarid qilmoqchi. Unga maoshi 8 million evroga teng 5 yillik shartnoma taklif qilinadi.

Oldinroq, bitim narxi 130 million evroni tashkil etishi mumkinligi borasida xabarlar yangragandi. Xaverc uchun shuningdek "Liverpul", PSJ va "Barselona" klublari raqobatlashmoqda.

20 yoshli Xaverc joriy mavsum Bundesligada "Bayer" safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 5ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira