Bartomeu: “Messi futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi. U “Barsa”da qolmoqchi”
07 avg 2020 22:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/585423_original.jpg)
![](/upload/storage/585423_220.jpg)
Bartomeu: “Messi futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi. U “Barsa”da qolmoqchi”
“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeuning ishonishicha, kataloniyaliklar forvardi Lionel Messi faoliyatini “Barselona”da tugatadi.
“Bu gapni faqat men aytayotganim yo'q. Messining o'zi ham futbolchilik faoliyatini “Barselona”da tugatishi haqida bir necha bor takidlagan.
U uch yoki to'rt yildan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlasa ham, jamoada bo'lishiga shubha qilmayapman. Messi bu haqda qatiy qarorini aytgan. U juda yoshligidan klubda edi. Lionel klub tarixining bir qismi.
U ayni paytda dunyoning eng yaxshi futbolchisi va u “Barselona”da qolish niyatida ekanligini barchaga tushuntirib qo'ydi”, dedi Bartomeu beIN SPORTS.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar