Bartomeu: "Luis Enrikega ishlashiga qo'yib bersak, u "Barselona"da muvaffaqiyatlarga erishadi"
07 noy 2014 12:16
Yangiliklar


Bartomeu: "Luis Enrikega ishlashiga qo'yib bersak, u "Barselona"da muvaffaqiyatlarga erishadi"
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu yana bir bor jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikega ishonishini takidladi.
"Agar Luis Enrikening ishlashiga qo'yib bersak, u hozirgi va keyingi mavsumlar uchun kuchli jamoa yig'a oladi.
Bu mavsumda Pikega qiyin bo'lyapti. Jamoamiz tarkibiga ikki markaziy himoyachi kelib qo'shildi. Bundan tashqari, Mark Barta ham o'z o'yinini kuchaytirib bormoqda. Qarorni esa murabbiy qabul qiladi" - deydi klub prezidenti.

Fikrlar