So’nggi yangiliklar

16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  3 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  8 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  1 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  2 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  11 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  7 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  18

"Barselona"ning XXI asrdagi eng kuchli 11 nafar futbolchisi Yangiliklar

"Barselona"ning XXI asrdagi eng kuchli 11 nafar futbolchisi

2000 yildan so'ng "Barselona" sharafini himoya qilgan eng kuchli 11 nafar futbolchi haqida eslab o'tamiz.


Viktor Valdes



Viktor Valdes kutilmaganda "Barsa" asosiy tarkibida paydo bo'ldi. Avvaliga u Rushtu Rejberga o'rinbosar bo'lishi kutilgandi. Biroq, Valdes turkiyalik posbondan asosiy darvozabon rolini tortib oldi. O'tkazilgan o'yinlarning ko'pligi,  fantastik reakciya, muhim pallalarda jamoasini qutqarib qolish orqali, Valdes Kanisares, Kasilyas kabi darvozabonlarni ortda qoldirgan holda Ispaniyaning eng yaxshi posboni deb ham topilgan. Biroq, terma jamoada unga birinchi raqamli bo'lish nasib etmagan. Ammo, shubhasiz aytishimiz mumkinki, Viktor doimo Kataloniya klubining eng kuchli darvozabonlari qatorida etirof etiladi.


Jovanni van Bronkxorst



Haqiqiy jangchi. U o'zi to'p tepgan vaqtida "Barsa"ning haqiqiy etakchisiga aylana olgandi. Doimo hotirjam, kamtar yuradigan bu yigitcha balki Abidal kabi yotgan holda to'pni boshi bilan urib yubormagan, 94-daqiqada Albadek butun maydonni 7 sekund ichida yugurib o'tmagan bo'lishi mumkin. Lekin, uni ushbu tarkibimizga qo'shishga qaror qilishga qaror qildik.


Karlos Puyol



"Barselona"ning haqiqiy etakchisi, jangchi va jamoa sardori Karlos Puyolni nima uchun ushbu ro'yxatga qo'shganimizga esa ortiqcha izoh shart bo'lmasa kerak :)


Jerar Pike



Pikeni Kataloniyada juda sevishadi. Balki, uning maydondan tashqaridagi harakatlari ko'pchilikning jig'iga tegar... Ammo, u jamoasiga juda sodiq. Katta ehtimol bilan u kelajakda "Barselona" prezidenti bo'ladi. O'yini haqida gapiradigan bo'lsak, u bugungi kunda dunyoning eng kuchli markaziy himoyachilaridan biri hisoblanadi.


Dani Alves



"Barsa"ning o'ng qanot qiroli deganda haliyam ushbu futbolchi ko'z oldimizga keladi. Alves o'zining sevimli nuqtasida o'zi istagan narsasini qilardi. Messi bilan kombinaciyani gol bilan yakunlash deysizmi, burchak to'pi tepish oldidan banan eb olish deysizmi... 25 metrdan turib raqib darbozasining to'qqizligini poylash... Bularning barchasi Alvesga hos xususiyatlar. Barcha Messi-Xavi-Inesta uchligi haqida gapirardi. Lekin, Messi-Alves tandemi haqida o'ylab ham ko'rishmagandi. Malumot uchun, braziliyalik himoyachi Messiga kerak bo'lsa Xavi, Fabregas va Inestalardan ko'p golli uzatmani oshira olgan.



Serxio Buskets



Katalon klubining eng muhim mexanizmlaridan biri. Boshida unga ishonqiramay qarashgandi. Ammo, asosiysi Xosep Gvardiola futbolchiga ishonch bildirgan. O'z ishini mukammal tarzda bajara oladigan bu "qora ishchi" bugungi kunda ham jamoasining asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.



Xavi



"Barsa"ning asosiy maestrosi. Jamoaning ko'plab g'alaba to'plari muallifi. U o'yinning borishini, tezligini nazorat qila oladigan futbolchi bo'lgan. Ispaniyaliklar shunday deyishardi: "Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" Xavining nazorati ostida".



Andreas Inesta



Agar Andreas Xogvartsda o'qiganida, Garri Potter uning soyasida bo'lardi. Kataloniyalik sehrgar. Yugurmaydi. Maydonda uchib yuradi. "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng muhim gollar muallifi. Uni barcha hurmat qiladi. "Yosh avlodga doimo Inestani misol qilib ko'rsataman. U qoyilmaqom futbol namoyish eta oladi. Buning uchun unga soch turmagi va tatuirovkalar kerak emas", - degandi Xosep Gvardiola Inesta haqida.


Lionel Messi



Messi haqida qancha istasak, shuncha yozishimiz mumkin. U millionlab futbol muxlislarini o'ziga rom eta olgan. Leoning o'yinlarini ko'rging sari ko'rging kelaveradi. Yana nima desak bo'ladi? Hullas, bugungi kundagi dunyoning eng kuchli ikki futbolchisidan biri aynan u bo'ladi. Ortiqcha izohga hojat yo'q, nazarimizda.


Ronaldino



Yaqinda Neymar kiritilgan gollar bo'yicha o'zining afsonaviy vatandoshidan oldinga o'tib oldi. Ammo, o'yin uslubi, futbol ahlining muhabbati borasida Ronaldinoni ortda qoldirish uchun unga juda-juda uzoq vaqt kerak. Haqiqatdan ham, braziliyalik futbol afsungari Roni maydonda haqiqiy shou uyushtira olardi. U "Barsa"da ko'p o'ynagani yo'q. Ammo, u qisqa muddat ichida kataloniyalik futbol ihlosmandlari qalbini zabt eta oldi.


Luis Suares



Kamerunlik futbolchi Samuel Eto'O qanchalik istedodli futbolchi bo'lmasin, ushbu tarkibga aynan Luis Suares qo'shdik. U o'z maqsadiga erishish uchun hattoki tishlarini ham ishga soladi :) Bugungi kunda dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri hisoblanadi.


sports.ru sayti asosida tayyorlandi

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика