“Barselona”ni tark etadigan futbolchilar va ularning transfer summalari rasman malum qilindi
28 may 2018 22:19
Yangiliklar


“Barselona”ni tark etadigan futbolchilar va ularning transfer summalari rasman malum qilindi
Ispaniyaning “Barselona” klubi rahbariyati yozgi transfer bozorida o'z futbolchilarini sotish orqali taxminan 100 million evro ishlab olmoqchi.
Jumladan, yarim himoyachi Andre Gomeshning transfer summasi 40 million evro deb elon qilindi. O'z vaqtida bu futbolchi 37 million evro evaziga “Valensiya”dan sotib olingan edi.
SHuningdek, kataloniyaliklar jamoa vingeri Jerar Deulofeu (kamida 12 mln evro), o'ng qanot himoyachisi Aleish Vidal (12 mln evro) hamda “Inter”da ijara asosida o'ynagan Rafinya bilan xayrlashishga tayyorlar. Milanliklar Rafinyani 35 million evroga sotib olishlari mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar