So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  0 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Barselonani 16-o'ringa joylashtirib qo'ygan La Liga starti haqida Yangiliklar

Barselonani 16-o'ringa joylashtirib qo'ygan La Liga starti haqida

Dam olish kunlari La liganing yang mavsumiga star berildi.

Ispan futbolini sog'inganlarga 1-tur o'yinlari kutilmagan voqeliklarga boy bo'lgani bilan zavq ulashdi. Hozir dastlabki turning eng qiziqarli uchrashuvariga to'xtalib o'tamiz.

Baskoniyada «Barselona»ning alamli mag'lubiyati. Yangi mavsum «San-Mames» o'yingohida «Atletik Bilbao» va «Barselona» o'rtasidagi bahs bilan start oldi. Ushbu uchrashuv yana bir bor isbotladiki, Messining o'yini o'xshasa «Barsa» jahonning eng kuchli klubiga aylanadi, ammo Messi bo'lmasa, yoki o'yini o'xshamasa, «Alaves»-u «Leganes»lar ham «Barselona»ni bemalol ranjita oladi. Aslida, basklar o'lkasi ananalari va muxlislik madaniyatidan kelib chiqsak, «Bilbao» maydonida xotirjam to'p surish unch-muncha klubga nasib qilmaydi. Mazkur bellashuvning birinchi taymida «Bilbao» chin manoda katalonlarni «yeb qo'ydi». Ammo, to'p nazorati va zarbalardagi ustunlik basklarga gol keltirmadi. 2-taymda esa o'yin nazorati «ko'k-anor ranglilar» tomonga o'tdi. Asosiy himoyachisi lazaretda bo'lishiga qaramay «Atletik» mudofaa chizig'i ishonchli harakat qildi. Mantiqan oladigan bo'lsak, Inyaki Uilyams, Raul Garciya va Ander Kapalar tomonidan bir necha bor abgor holatga keltirib qo'yilgan «Barselona» himoyasi shu kuni quruq o'yin o'tkazishga haqli emas edi. O'yin oxirida zahiradan bahsga qo'shilgan 38 yoshli(!) Aric Aduriz «Barselona» darvozabonini uyatli ahvolga tushirib qo'ygan takrorlanmas gol muallifiga aylandi. Yana kimga «Barselona» darvozasini bunaqangi uslubda ishg'ol etish nasib qiladi, Xudo biladi.

Athletic Bilbao

Aritz Aduriz - 89'

LaLiga . 1-tur

17/08/2019, 01:00

0
:
1
Tugadi

Barcelona

Stadion: San Mames Barria, 47693 tomoshabin

Bosh hakam: Carlos del Cerro

45'
90'
65'  Unai Nunez
66'  Oscar de Marcos (Oihan Sancet)
81'  Unai Lopez (Benat Etxebarria)
88'  Inaki Williams (Aritz Aduriz)
89'  Aritz Aduriz
89'  Ander Capa
37'  Luis Suarez (Rafinha)
46'  Carles Alena (Ivan Rakitic)
60'  Gerard Pique
76'  Sergi Roberto (Carles Perez)



Madrid grandlaridan g'alabalar. «Real» «Selta»ga qarshi uchrashuvda mavsumlar oralig'ida sinovdan o'tkazilgan 5-3-2 taktik sxemasi emas, avvalgidek 4-3-3 sxemasi asosida maydonga chiqdi. 56-daqiqada Luka Modrich maydondan chetlatilishi oqibatida bir kishi kam bo'lin qolgan «Qirollik kubi» baribir tashabbusni boy bermadi va 3:1 hisobidagi haqli g'alabaga erishdi. «Selta»ning goliga zahiradan o'yinga qo'shilgan 18 yoshli Iker Losado mualliflik qilgani tahsinga sazovordir.

Celta Vigo

Iker Losada - 90'

LaLiga . 1-tur

17/08/2019, 21:00

3
:
1
Tugadi

Real Madrid

Karim Benzema - 12', Toni Kroos - 61', Lucas Vazquez - 80'

Stadion: Abanca Balaidos, 23566 tomoshabin

Bosh hakam: Xavier Estrada

45'
90'
7'  Kevin Vazquez
12'  Ruben Blanco
12'  Denis Suarez
45'  Brais Mendez
49'  Gabriel Fernandez
74'  David Costas
75'  Stanislav Lobotka (Pione Sisto)
83'  Fran Beltran (Pape Cheikh)
86'  Pape Cheikh
88'  Gabriel Fernandez (Iker Losada)
90'  Iker Losada
90'  Pape Cheikh
12'  Karim Benzema
12'  Gareth Bale
36'  Vinicius Junior
56'  Luka Modric
61'  Toni Kroos
61'  Marcelo
64'  Alvaro Odriozola
69'  Vinicius Junior (Lucas Vazquez)
75'  Gareth Bale (Isco)
80'  Lucas Vazquez
80'  Karim Benzema
81'  Karim Benzema (Luka Jovic)


Yangilangan «Atletiko» esa Alvaro Morataning goli evaziga «Xetafe»ni minimal hisobda mag'lub etishni uddaladi.

Atletico Madrid

Alvaro Morata - 23'

LaLiga . 1-tur

19/08/2019, 02:00

0
:
1
Tugadi

Getafe

Stadion: Estadio Wanda Metropolitano, 55099 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

45'
90'
23'  Alvaro Morata
23'  Kieran Trippier
41'  Renan Lodi
42'  Renan Lodi
56'  Alvaro Morata
62'  Thomas Partey (Mario Hermoso)
66'  Joao Felix (Marcos Llorente)
73'  Thomas Lemar (Vitolo)
81'  Saul Niguez
17'  Leandro Cabrera
37'  Jorge Molina
38'  Jorge Molina
46'  Leandro Cabrera (Raul Carnero)
49'  Faycal Fajr
64'  Damian Suarez (Angel Rodriguez)
77'  Allan Nyom
80'  Jaime Mata (Enric Gallego)
90'  Angel Rodriguez


«Ko'rshapalaklar»dan omad yuz o'girdi. «Real Sosedad»ga qarshi teng kurashlar ostida kechgan bahsda Marselino Garciya Toral shogirdlari 90+10 daqiqaga qadar hisobda oldinda borishdi. Yakunda esa jamoalar bittadan ochkoga ega bo'ldi.Hakam qo'shib bergan daqiqalardagi asabiy holatlar yakunda penalti belgilanishiga olib keldi. Mehmonlar etakchisi Migel Oyarsabal 90+10-daqiqada penaltidan unumli foydalanib jamoasiga 1 ochko keltirdi.

Valencia

Kevin Gameiro - 58'

LaLiga . 1-tur

17/08/2019, 23:00

1
:
1
Tugadi

Real Sociedad

Mikel Oyarzabal - 90'

Stadion: Estadio Mestalla, 41846 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45'
90'
58'  Kevin Gameiro
58'  Daniel Wass
63'  Francis Coquelin
82'  Jaume Costa (Cristiano Piccini)
85'  Rodrigo (Denis Cheryshev)
90'  Carlos Soler (Ferran Torres)
90'  Kevin Gameiro
90'  Denis Cheryshev
90'  Ezequiel Garay
90'  Francis Coquelin
29'  Martin Oedegaard
36'  Mikel Merino
42'  Joseba Zaldua
57'  Robin Le Normand
71'  Adnan Januzaj (Alexander Isak)
82'  Joseba Zaldua (Ander Barrenetxea)
85'  Aihen Munoz (Kevin Rodrigues)
90'  Mikel Oyarzabal


1-tur debyutantlar uchun omadli keldi. Yangi mavsumdan etiboran La ligaga qaytgan klublar dastlabki turda ajoyib natijalar qayd etishdi. Jumladan, «Malorka» «Eybar»dan, «Osasuna» «Leganes»dan ustun kelgan bo'lsa, «Granada» «Vilyarreal» maydonidan 4:4 hisobidagi jangovor durang bilan qaytdi.

Birinchi turdan keyin, «Real Madrid» birinchi, safarda «Deportivo»dan ustun kelgan «Sevilya» ikkinchi, sensacion tarzda «Malorka» 3-o'rinni band qilgan. «Barselona» esa jadvalning 16-pog'onasidan o'rin egalladi.



Dastlabki turda jami 26 ta gol kiritildi. Bu bir o'yinga o'rtacha hisobda 2,6 tadan to'g'ri keladi. Bundan tashqari qo'polliklarga boy bo'lgan uchrashuvlarda jami 6 ta qizil kartochka ko'rsatilgani etiborga loyiqdir.


VIDEO. LaLiga. 1-tur o'yinlarining videosi bitta sahifada


2-tur bahslari 23 avgustdan start oladi. Mazkur bahslar, ular ichidagi va atrofidagi eng so'ngi yangiliklar va malumotlarni bizning saytimizda kuzating. Biz sizga eng yaxshisini ilinamiz!


2-tur
23 avgust

Granada - Sevilya
Levante - Vilyarreal

24 avgust
Osasuna - Eybar
Real Madrid Valyadolid
Selta - Valensiya
Xetafe - Atletik

25 avgust
Alaves - Espanol
Malorka - Real Sosedad
Leganes - Atletiko
Barselona - Betis




Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика