"Barselona" Yovich uchun kurashdan chiqdi

Aslanov Jasurbek
15 apr 2019, 17:47
Transfer huquqi "Benfika"ga tegishli bo'lgan "Ayntraxt" hujumchisi Luka Yovich endi "Barselona"ning transfer maqsadi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi serbiyalik forvardni xarid qilishdan bosh tortishdi, chunki Yovich to'p uchun orqaroqqa qayta olmaydi va bu ko'k-anorranglilar falsafasiga to'g'ri kelmaydi. Shu bilan birga hujumchi faqat joriy mavsum to'purarlik qobiliyatini namoyish etganidan havotirgan tushgan.

Shunday qilib, 21 yoshli forvard uchun kurashda "Bavariya" va "Real" qoldi.

Yovich joriy mavsum Bundesliganing 27ta uchrashuvida maydonga tushib, 17ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo