"Barselona" yarim himoyachisi turkiyalik qo'shiqchining burnini sindirdi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2018, 22:57
Transfer huquqi "Barselona"ga tegishli bo'lgan "Istanbul Bashakshexir" yarim himoyachisi Arda Turan Istanbuldagi tungi klublarning birida turkiyalik qo'shiqchi Berkay Shexinga hujum qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi qo'shiqchining xotini Ozlem Shaxinga tegajog'lik qilgan, natijada ayolning eriga tashlanib, uning burnini sindirgan. Berkay Shaxin kasalxonaga yotqizildi va operaciya qilindi. Voqeadan so'ng Turan mushtlashuvda jabr ko'rgan qo'shiqchidan kechirim so'radi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning may oyida "Sivasspor"ga qarshi bahsda (1:1) laynsmenni turtib yuborgani uchun 16ta o'yinga diskvalifikaciya qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com