"Barselona" yarim himoyachisi "Manchester Siti"ga yo'l olishi mumkin
15 fev 2022 20:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/683074_original.jpg)
![](/upload/storage/683074_220.jpg)
"Barselona" yarim himoyachisi "Manchester Siti"ga yo'l olishi mumkin
Kataloniya klubi yosh futbolchisi Niko Gonsales "shaharliklar" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Barselona" yarim himoyachisi jamoasini o'zgartirishi mumkin. Malumotlarga qaraganda, 20 yoshli o'yinchiga 5 ta klub qiziqmoqda. Ulardan uchtasi APL, bittasi Bundesliga, yana biri A Seriya vakili ekanligi aytilmoqda.
Malum bo'lishicha, Niko Gonsalesga "Manchester Siti" katta qiziqish bildirmoqda. "Barselona" esa u bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Muzokaralar Gavi va Arauxoning kelishuvi uzaytirilgach boshlanadi.
Gonsalesning "Barsa" bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Uning tovon puli – 500 million evro.
O’xshash yangiliklar
21:32
"Man Yunayted" Mauntni sotishni rejalashtirmayapti. Xavbek yangi mavsumda o'zini ko'rsatmoqchi 1
13:37
La Liga eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar TOP-10 - ro'yxatda "Atletiko"dan bitta futbolchi bor 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar