"Barselona" Yamalning jarohati qaytalanishidan xavotirda
20 dek 19:30
Yangiliklar
"Barselona" Yamalning jarohati qaytalanishidan xavotirda
"Barselona" vingeri Lamin Yamal 15 dekabr kuni "Leganes"ga qarshi o'yinda to'pig'idan olgan jarohatidan tiklanmoqda.
Manbaning takidlashicha, klub bunday turdagi jarohatlar haqidagi malumotni yuqori darajadagi tashvish bilan qabul qiladi. Bu Frenki de Yong bir yildan ortiq vaqt davomida boshdan kechirayotgan muammolar bilan bog'liq.
"Barselona" murabbiylari va shifokorlari niderlandiyalik futbolchi hali ham to'liq kuch bilan o'ynay olmayotganini inobatga olib, Yamalga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lmoqda va uning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymoqchi emas.
SHu tufayli 17 yoshli futbolchi to'liq tuzalib ketmaguncha maydonga tushmaydi.
Fikrlar