"Barselona" Xolandning transferi sabab Messi bilan muzokaralarni kechiktiradi
15 may 2021 13:15
Yangiliklar
"Barselona" Xolandning transferi sabab Messi bilan muzokaralarni kechiktiradi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning bosh maqsadini belgilab oldi.
"Ko'k-anorranglilar" Dortmundning "Borussiya" jamoasida o'ynayotgan norvegiyalik hujumchi Erling Xolandni o'z safiga qo'shib olish uchun jiddiy yo'qotishlarga tayyor.
Kataloniyaliklar 20 yoshli futbolichi bilan shartnoma imzolash uchun argentinalik Lionel Messi bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni kechiktirmoqchi. 33 yoshli o'yinchining shartnomasi joriy mavsum so'nggida yakuniga etadi.
Xoland joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 5ta assist qayd etdi. Norvegiyalikning "arilar" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar