So’nggi yangiliklar

15:48"Реал" бразилиялик ҳимоячига кўз тикди  0 15:25"Пахтакор" ёшлар жамоаси Қатарга йўл олди  0 15:03Винисиус Жуниор "Реал" раҳбариятига келажаги бўйича аниқ баёнот берди  2 14:35"Каттақўрғон" ва "ҚМУ Жайхун" Про лигада қатнашади  1 14:08Абдуқодир Ҳусанов Осиё рамзий терма жамоасидан жой олди  7 13:44Пато "Колчестер Юнайтед"ни сотиб олмоқчи  0 13:18"Машъал" ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 12:53​"Шўртан" Асрор Алиқулов билан келишувни узайтирди  0 12:29"АҚШдан йироқ бўлинг": Блаттер Жаҳон чемпионатини бойкот қилишга чақирди  9 12:03Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди  22 11:39Манба: Ўзбек клуби словениялик ҳимоячини олиб келди  4 11:18Каннаваро: "Янги ўйинчилар иштирок этаётган Дубайдаги йиғин қизғин ўтмоқда"  3 10:40Мемфис Депай БАА клублари эътиборида  2 10:20Дани Алвес профессионал футболга қайтиши мумкин  2 09:55Сардор Раҳмонов фаолиятини Тошкент клубида давом эттиради  4

"Barselona" "Xetafe" va "Granada" darajasida! Yangiliklar

"Barselona" "Xetafe" va "Granada" darajasida!

"Barselona" ushbu mavsumda vaziyatlardan foydalanish borasida katta muammolarga duch kelmoqda.

Jamoa Evropaning top-ligasi 96 jamoasi ichida zarbalari golga aylanishi borasida 58-o'rinni egallab turibdi.

Ushbu mavsumda "Barselona" 275 zarba berib, 31 marta gol urdi. SHu orqali Xavi jamoasiga bir gol uchun 8,87 zarba kerak bo'lmoqda. Bunday davriy hisoblashda "Barselona" "Xetafe" va "Granada" (9 zarbada 1 gol) jamoasidan pastroq natija qayd etmoqda.

Bu boradagi eng yomon natija 187 zarbada 9 gol urgan "Klermon"ga tegishli. O'z navbatida Evropaning eng effektiv jamoasi "Jirona" bo'lib turibdi. Ularga bir gol urish uchun 5 zarba kifoya qilmoqda.

Agarda darvozaga yo'llangan aniq zarbalarni inobatga olsak, Xavi jamoasi 40-o'rinni egallab turibdi. Ularga bir gol urish uchun 3,45ta aniq zarba kerak bo'lmoqda. Ispaniyada ulardan ham yaxshiroq natija qayd etayotgan jamoalar bor: "Xetafe" - 1 gol uchun 3,48 zarba va "Betis" - 1 gol uchun 3,32 zarba.

Bu jihatdagi eng yomon natija "Keln"ga tegishli. Ularga bir gol uchun naq 6,5 zarba kerak bo'lmoqda.

Agarda individual natijalarni inobatga olsak, Robert Levandovskiga bir gol uchun 2,62 zarba kerak bo'lmoqda. LaLigada faqatgina Rodrigo (2,67) va Inyaki Uilyams (3,13) kabi futbolchilar undan yuqoriroq ko'rsatkich qayd etgan.

Bu boradagi eng yaxshi natija Jerar Morenoga tegishli. Unga bir gol uchun 1,5 zarba kerak bo'lmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика