“Barselona” Villianga boshqa qiziqmaydi
03 mar 2020 00:48
Yangiliklar
“Barselona” Villianga boshqa qiziqmaydi
“CHelsi” yarim himoyachisi Villian endi “Barselona”ga kerak emas.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, kataloniya klubi braziliyalik futbolchini transfer qilish niyatidan qaytgan. CHunki yozda futbolchi 32 yoshga to'ladi. “Barselona” 2019 yilning yozida futbolchini o'z safiga qo'shib olish niyatida edi, ammo transfer summasi borasida ispanlar “CHelsi” bilan kelisha olishmagandi.
Eslatib o'tamiz, Villian “CHelsi” bilan amaldagi shartomasini uzaytirishi borasida hali bir to'xtamga kelgani yo'q. Futbolchining londonliklar bilan shartnomasi 2020 yilning yozida nihoyasiga etadi. Klub unga ikki yillik shartnoma taklif qildi, ammo braziliyalik futbolchi uch yillik kelishuvga erishmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar