"Barselona" VAR tizimi ustidan shikoyat qiladi
15 dek 2019 02:44
Yangiliklar
"Barselona" VAR tizimi ustidan shikoyat qiladi
Kataloniya klubi "Real Sosedad"ga (2:2) qarshi uchrashuv mobaynida hakamlarning qarorlaridan qoniqmadi.
Diario Sport nashri xabariga ko'ra, "Barselona" klubi prezidenti Jozep Bartomeu Ispaniya qirolligi futbol federaciyasiga (RFEF) VAR tizimi ustidan ustidan rasmiy shikoyatnoma yo'llaydi. Bartomeu "Sosedad"ga qarshi uchrashuvda noroziliklarga sabab bo'lgan hakamlik bilan bog'liq holatlar yuzasidan tushuntirish so'raydi.
"Eslatib o'tamiz, o'yinni boshqargan referi Xaver Alberola Roxas uchrashuvning so'nggi daqiqalarida "Sosedad" himoyachisi Diego Lorente jarima maydonchasi ichida Pikening kiyimidan tortib qolgani uchun VAR tizimiga murojaat qilmadi, ammo birinchi bo'limda shunga o'xshash vaziyat tufayli raqib foydasiga penalti belgilangandi", - deyiladi Diario Sport nashrida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar