"Barselona" Valverdeni haydab yuborishi uchun 5 sabab
16 apr 2018 12:39
Yangiliklar
"Barselona" Valverdeni haydab yuborishi uchun 5 sabab
"Roma"ga qarshi uchrashuvda yirik hisobda mag'lub bo'lish joriy mavsumdagi eng sharmandali vaziyat bo'ldi. "Barselona" 4:1 hisobida so'ng bo'shashdi va mavsumdagi eng muhim bahslardan birini boy berdi.
Ushbu sharmandalik uchun barcha masuliyatni jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde o'z bo'yniga olishi kerak, chunki uning taktikasi o'yinda yordam bermadi. Bundan tashqari, u o'z shogirdlariga kerakli gaplarni topa olmadi. CHempionlar ligasi dunyoning har qanday TOP-murabbiyi uchun katta imtihon hisoblanadi va "Barselona" ustozi Valverde omadsizlikka uchradi.
Ijtimoiy tarmoqlar va OAVda Ernesto Valverdeni mavsum oxirida istefoga chiqarish haqida aytildi. Neymar ketganidan so'ng uning jamoa o'yiniga qo'shgan xissasi va mag'lubiyatsiz seriyasini hisobga olsak, mutaxassisni ishdan haydash aqlsizlikdek ko'rinishi mumkin.
Ammo vaziyatga chuqurroq o'rganadigan bo'lsak, "Barselona" ustozini istefoga chiqarish uchun bo'layotgan talablar to'g'ridek ko'rinadi. Demak, Kataloniya klubi ishdan ketishi uchun 5ta sabab:
#5 Rotaciya yo'q
Seshanbadagi o'yinda "Barselona" futbolchilari xuddi bosh murabbiy kabi noodatiy harakatlarni amalga oshirmadi. Futbolchilar mutaxassisning g'oyasini tushunmagandek o'ynashdi va bu jamoaning bazi muhim futbolchilari charchaganiga bog'liq bo'lishi mumkin. Balki murabbiy o'yinchilarga ishonmayotgandir.
So'nggi 3 oy ichidagi 24ta o'yinda Valverde deyarli bir xil tarkibni maydonga tushirdi. U Messi, Suares va Pikesiz o'yinni rivojlantirmadi va Zinedin Zidanning "Real"dagi muvaffaqiyatini takrorlay olmadi.
Ushbu sabab tufayli futbolchilar eng muhim pallada o'yinga to'liq tayyor bo'lishmadi.
#4 Yoshlarni rivojlantira olmaydi
So'nggi o'n yillikda LaMasiya tarbiyalanuvchilari Evropaning turli klublarida o'ynab ketishga muvaffaq bo'lishdi. Biroq bu yoshlar so'nggi yil "Barselona"ning asosiy tarkibidan joy ola bilmayapti. Valverde qo'l ostida o'nglanishi kerak bo'lgan vaziyat kutilganidek bo'lmadi.
So'nggi 11 yilda birinchi marta "Barselona B"dan birorta o'yinchi CHempionlar ligasi o'yinlarida maydonga tushmadi. Bu akademiyaga katta etibor beradigan "Barselona"dek klub uchun pasayishdek gap.
Valverde jamoaga kelganida klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu quyidagi gaplarni aytgan edi: "Mutaxassis aqlli va katta tajribaga ega. U yosh futbolchilarni o'stirishga qodir". Bu gaplar o'z tasdig'ini topmadi.
Ko'pchilikning fikricha, Karles Alena va Mark Kukrellaga CHempionlar ligasida o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat berilishi kerak edi.
#3 Noto'g'ri qarorlar
"Roma"ga qarshi ilk uchrashuvda 4:1 hisobidagi g'alabaga qaramasdan, Valverde javob o'yinida gol urish o'rniga himoyalanishni maqul ko'rdi. Taktika o'zgardi. Rimliklar 1:0 yoki 2:0 hisobida olidnga chiqib olganda ham uslubni o'zgartirish uchun vaqt bor edi, biroq mutaxassis taktik qarorlar qabul qilish o'rniga ilk o'yindagi ustunlikni saqlashga urindi.
"Roma" himoya chizig'ini deyarli maydon markaziga ko'chirdi. Usmon Dembelening jamoaga kelishi bilan tezkor hujumlar yanada xavfli tus ola boshladi. Biroq Valverde ushbu bahsda Dembeleni hammasi tugaganidan so'ng maydonga tushirdi.
Mutaxassisning uslubi "Barselona"ga LaLigada barqaror ochko to'plashda yordam bermoqda, biroq evrokuboklarda aksincha. Kataloniya klubi "CHelsi"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 finalida ham muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatdi deyish qiyin.
#2 4-4-2
Ananaviy 4-4-2 tizimi "Barselona"ga LaLiga va Ispaniya Kubogida muvaffaqiyat keltirdi, biroq CHempionlar ligasidagi omadsizlik bu borada muhokama o'tkazish kerakligini bildiradi.
Eski taktika klubga barqarorlashishda yordam berdi, ammo bu tizim uzoq muddat foyda keltiradimi? Valverde asosiy etiborni himoya chizig'iga boshqa poziciya vakillarining ko'maklashishiga qaratdi va ushbu uslub "Roma"ga qarshi o'yingacha yordam berdi.
Biroq endi Valverdening ushbu taktikasi biroz xatoga o'xshab ko'rinmoqda. Lionel Messi va Andres Inesta vaziyatlar yaratishda ko'p ishtirok etdi, Messi to'pga egalik qilishi uchun bazida himoya vakillari oldiga ham qaytishiga to'g'ri keldi. Messiga bog'liqlik yanada oshdi va bu "Sevilya"ga qarshi bahsda ko'rinib qoldi.
Bundan tashqari, ishlar yaxshi bo'lmagan paytda, Valverde taktikani o'zgartirishga urinib ko'rmadi.
#1 Imtixondan o'ta olmadi
Ko'pchilik ushbu sabablarni arzimas, bitta o'yinlik deb atashi mumkin. Ha, bu Romadagi bir omadsiz kecha bo'ldi. Natijalar har doim ham siz o'ylagandek bo'la olmaydi. Ammo Valverde qo'l ostidagi "Barselona"ning bu uslubda mag'lub bo'lishi kelajakda ham bu ish takrorlanishiga shama qilmoqda. Mutaxassis bir reja bo'yicha ish boshlasa, o'yin davomida unga sodiq qoladi.
Bu reja "Barselona"ga LaLigada omad keltirdi va Lionel Messi maydonga tushib jamoaga ochko olib berishi juda chiroyli ko'rinyapti. Biroq "Roma" to'sig'i kelganda, Valverde taktikani o'zgartirish uchun harakat qilishga ham urinmadi. U Rimdagi muvaffaqiyatsizlikni to'xtatish uchun tavakkal qilmadi.
Mutaxassisning uslubi, kech o'zgarishlari, futbolchilarni tanlab o'ynatishi unga bo'lgan shubhalar ortishiga sabab bo'lmoqda. Valverde "Barselona"dagi o'zining eng katta imtihonida omadsizlikka uchradi. Ha, u klubning barqaror o'yiniga katta xissa qo'shdi, biroq mutaxassisning taktik sodiqligi, tavakallarsiz uslubi va CHempionlar ligasidagi mag'lubiyati Valverdeni klubda qolishiga imkon bermasligi mumkin.
Fikrlar