So’nggi yangiliklar

12:11Эшитдик-да! ЎФАга янги раҳбар қачон сайланиши маълум  6 11:34"Насаф" — "Кувайт СК". Жамоалар қайси рангдаги либосларда ўйнашлари маълум  0 11:10ОЧЛ-2. Бугун "Насаф" "Кувайт СК" билан ўйнайди  7 11:01"Бавария" қаторасига тўртинчи бор ПСЖни мағлуб этди — барчаси "қуруқ" ғалабалар  2 10:44Флик: "Сельта"га қарши 2:2дан кейин шундай ишончли ғалабага эришганимиз яхши бўлди"  13 10:22"Ман Сити" ярим ҳимоясини "Ньюкасл" вакили билан кучайтирмоқчи  0 10:00ПРО-Лига. 28-тур расмийлари билан танишинг: Муборакдаги баҳсда аёл ҳакам ишлайди!  5 09:31МЮ чап қанот ҳимоясига Раян Аит-Нурини сотиб олмоқчи  0 09:07Маркиньос: "Рақиб дарвозабоннинг ҳаракатларини чеклаб қўйганди"  0 08:43"Ман Сити" 75-дақиқада 3:0 ҳисобида олдинда бориб, юта олмаган ЕЧЛ тарихидаги биринчи жамоага айланди  19 08:20"Интер" 12 учрашувдан буён мағлуб бўлмаяпти  5 07:56"Барса" ЕЧЛда қаторасига 4 та ғалабага эришди, умумий ҳисоб – 17:3  34 07:32Компани ПСЖ устидан қозонилган ғалабадан кейин: "Яна 1-2 та гол урганимизда ўйин анча хотиржам руҳда ўтарди"  3 03:07ЕЧЛ. Дембеле четлатилган ўйинда "Бавария" ПСЖ устидан ғалаба қозонди  11 03:05ЕЧЛ. "Барса" йирик ғалаба қайд этди. "Манчестер Сити" "Фейеноорд"га қарши 3:0 ҳисобидаги устунликни сақлаб қола олмади  11

"Barselona" - "Valensiya" (prevyu) Yangiliklar

"Barselona" - "Valensiya" (prevyu)

Teglar :  Valensiya Barselona
Bugun, 25 may kuni "Barselona" hamda "Valensiya" o'rtasida Ispaniya Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Finalgacha bo'lgan yo'l

Ikkala jamoa turnirning hal qiluvchi bahsigacha qiyinchiliklarga duch keldi. "Barselona" faqat 1/16 finalda "Leones"ga qarshi bahsda muammoga uchramadi. Keyingi bosqichda "Levante" mehmoni bo'lgan Kataloniya klubi 1:2 hisobidagi mag'lubiyatni yaxshi natijadek qabul qilgan bo'lsa kerak, chunki o'sha bahsda mezbonlar ko'k-anorranglilarni ko'plab vaziyatlarda kechirishdi. Javob o'yinida esa hammasi joyiga tushdi va favorit keyingi raundga yo'l olid. 1/4 finalda avvalgi hikoya takrorlandi. "Barselona" mehmonda "Sevilya"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi, biroq "Kamp Nou"da raqib tennis hisobi (6:1) qayd etildi. Yarim finalda Kataloniya klubini "Real" kutib turgan edi. Ikkita uchrashuvda Mark-Andre ter SHtegenning ko'rsatgan qahramonligi tufayli ko'k-anorranglilar "El-Klassiko"larni umumiy 4:1 hisobida yakunladi. SHunday qilib, "Barselona" finalgacha har ikkita o'yinning bitasida yirik g'alabaga erishdi.

"Valensiya" "Mestalya"da faqat bitta raqibini yirik hisobda taslim etdi, qolgan bahslarda esa Toral jamoasi katta qiyinchilik bilan zafar quchdi. Boshlanish har doimgidek mashg'ulotdek o'tdi. "Ko'rshapalaklar" ortiqcha qiyinchiliksiz Segunda Bda ishtirok etuvchi "Ebro"ni mag'lub etdi. 1/8 finalda "Valensiya"ga Segundaning so'nggi vakili "Sporting" raqib bo'ldi. Ammo valensiyaliklar birinchi uchrashuvda mag'lubiyatga uchrab, o'zlariga muammo orttirib olishdi. "Mestalya"da jamoalar 65 daqiqa golsiz harakat qilishdi, keyin esa "Sporting"ning himoyachi "Valensiya" hujumlariga bardosh bermadi va bahs 3:0 hisobida yakunlandi. CHorak finalda esa turnirning asosiy dramasi sodir bo'lishiga bir bahya qoldi. "Xetafe" birinchi bahsda 1:0 hisobida g'alabaga erishdi, javob uchrashuvining ilk daqiqalarida gol urishga muvaffaq bo'ldi va ikkinchi bo'limda gol o'tkazib yuborganiga qaramay, juda qulay holatda edi. "Valensiya" hujumchisi Rodrigo qo'shib berilgan daqiqalarda 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Uchrashuvdan so'ng Madrid klubi vakillari mag'lubiyatda hakamni ayblashdi, bahs esa mushtlashuv bilan yakunlandi. Yarim finalda "Betis" 2:0 hisobida oldinda borayotib, bahsni durang bilan yakunladi. Javob uchrashuvida esa "ko'rshapalaklar"ning qo'li baland keldi.


Malumotlar

- Marselino Garsiya Toral uchun bu bahs faoliyatidagi "Barselona"ga qarshi 21-uchrashuv bo'ladi. U hozirgacha Kataloniya klubini mag'lub eta olmagan, faqat 6 marta durang qayd etgan. Toral bugun faoliyatidagi ikkita ishni birinchi marta amalga oshirishi mumkin: "Barselona"ni mag'lub etish va sovrin yutish. Bu "Valensiya" uchun 2008 yildan keyingi quruq seriyani yakunlashning ajoyib yo'li.

- O'tgan mavsum bu jamoalar Ispaniya Kubogining yarim finalida to'qnash kelishgan. Ikkala bahsda ham "Barselona"ning qo'li baland kelgan. Xuddi shu bosqichda 3 yil oldin "Valensiya" ko'k-anorranglilarga 0:7 hisobida mag'lub bo'lgan. Kubokda jamoalar 16ta uchrashuv o'tkazishgan ("Barselona"da 7ta g'alaba, "Valensiya"da 5ta, 4ta durang), ammo finalda birinchi marta to'qnash kelishmoqda.

- Ikkala jamoa ham bir necha hafta oldin evrokuboklardan chiqib ketishdi. "Barselona" "Enfild"da 3 gollik ustunlikni finalga aylantira olmagan bo'lsa, "Valensiya" ikkita uchrashuvda "Arsenal"ga mag'lub bo'ldi. Biroq "ko'rshapalaklar" kelasi mavsum CHempionlar ligasida o'ynash masalasini hal qilib, joriy mavsumdagi vazifasini uddaladi.

- Ernesto Valverde jiddiy muammolarga duch keldi. Birinchidan, Luis Suares o'ynamaydi. Jamoada urugvaylikning o'rnini bosa oladigan forvard yo'q. Suares "Liverpul"ga qarshi bahsdan so'ng operaciya qilindi va Amerika Kubogigacha oyoqqa turishga umid qilyapti. SHu bilan birga ter SHtegen hama bahsni o'tkazib yuboradi. Ha, Kubok o'yinlarida darvozani Yasper Sillessen qo'riqlaydi, ammo "Barselona" yarim finalda qolib ketmasligini germaniyalik posbon taminlagan edi. Dembelening ishtiroki so'roq ostida, Rafinya o'ynamasligi aniq.

- Marselinoda ham muammolar bor, ammo kamroq. Denis CHerishev finalgacha tiklana olmadi va Kubok finalini o'tkazib yuboradi, ammo Gedesh sog' bo'lsa, u asosiy tarkib futbolchisi emas. Esekel Garayning maydonga tushishi so'roq ostida va bu jiddiyroq muammo. Argentinalik mavsumni yaxshi o'tkazdi va jamoaning asosiy himoyachisi hisoblanadi. Ha, uning o'rnini Paulista va Diaxabi to'ldirishi mumkin. Muhim bahs oldidan Garayni yo'qotish, "Valensiya" uchun juda yoqimsiz holat.

- Kubok finali Ernesto Valverde uchun juda muhim bahs. Uning o'rindig'i qimirlab qolgan va mutaxassis klubni tark etishi mumkin. Ichki oltin dubl Valverdeni istefodan qutqarib qolishi qiyin, ammo bu sovrin ortiqchalik qilmaydi. CHempionlar ligasining ketma-ket ikkita mavsumida bir xil mag'lubiyat murabbiyga qimmatga tushishi mumkin.


 Qiziqarli faktlar

- Bu jamoalar o'rtasidagi so'nggi 10ta o'yinning 8tasida ikkala jamoa gol urishga muvaffaq bo'lgan.

- "Barselona" so'nggi bor 9 yil oldin "Valensiya" darvozasini ishg'ol qila olmagan.

- Messi "Valensiya"ga qarshi 10ta uchrashuvning 8tasida gol urishga muvaffaq bo'lgan.



Taxminiy tarkiblar

"Barselona": Sillessen, Alba, Langle, Pike, Semedu, Buskets, Artur, Rakitich, Malkom, Messi, Roberto.

"Valensiya": Domenek, Gaya, Paulista, Garay, Pichchini, Gedesh, Koklen, Parexo, Soler, Rodrigo, Mina.



Uchrashuvdan oldingi fikrlar

Ernesto Valverde ("Barselona"): "Ushbu bahs natijasi kelajagimga tasir qilishi haqida o'ylayotganim yo'q. Biz bu shouning bir qismimiz. Bunday vaziyatlar ko'pchilik bilan ro'y bergan. Marselino juda qiyin vaziyatda qolgan edi, "Real"da esa ikkita istefo ro'y berdi. Hamma narsa bo'lishi mumkin. "Valensiya" mavsumni yaxshi o'tkazdi, ularga qarshi bahs qanchalik qiyin bo'lishini yaxshi bilamiz. "Barselona" ketma-ket ikkinchi oltin dublga erishishi mumkin. Finalgacha muammolarga uchradik, "Valensiya" esa yaxshi formada. CHempionatda ikki marta durang o'ynadik, ko'ramiz, qaysi jamoa bu seriyani buzar ekan. "Enfild"dagi omadsizlikdan so'ng, hamma mavsumni g'alaba bilan yakunlamoqchi".


Marselino Garsiya Toral ("Valensiya"): "Bu bahsda ishtirok etishni qattiq xohlagan edik. "Barselona"ga maksimum muammo tug'dirish uchun maydonda bor kuchimizni ishga solamiz. Dani Parexoning gaplariga qo'shilaman, biz favorit emasmiz, ammo bu final va bu erga g'alaba uchun kelganmiz. Muxlislarimizni kubok bilan xursand qilmoqchimiz. "Barselona"ning hujum potencialidan xabarimiz bor. Himoya ideal o'yin ko'rsatishi kerak. Ko'plab murabbiylar Messini qanday to'xtatish kerakligini bilmaydi deb o'ylayman. Uni to'p bilan yolg'iz qoldirmaslikka harakat qilamiz. Valverde va men bir-birimizning kuchsiz tomonlarimizni yaxshi bilamiz. Uchrashuvdan katta syurprizlar kutmayapman. Bahs natijasini mayda detallar aniqlab bersa kerak. Ko'proq vaziyat yaratib, ulardan foydalanishga harakat qilamiz, chunki natija aynan shu narsaga bog'liq".


Barcelona

Lionel Messi - 73'

Copa del Rey . final-tur

26/05/2019, 01:00

2
:
1
Tugadi

Valencia

Kevin Gameiro - 21', Rodrigo - 33'

Stadion: Estadio Benito Villamarin, 53698 tomoshabin

Bosh hakam: Alberto Undiano

45'
90'
46'  Nelson Semedo (Malcom)
46'  Arthur (Arturo Vidal)
61'  Sergio Busquets
73'  Lionel Messi
76'  Ivan Rakitic (Carles Alena)
89'  Arturo Vidal
21'  Kevin Gameiro
21'  Jose Gaya
33'  Rodrigo
33'  Carlos Soler
53'  Jose Gaya
65'  Daniel Parejo (Geoffrey Kondogbia)
70'  Geoffrey Kondogbia
72'  Kevin Gameiro (Cristiano Piccini)
88'  Rodrigo (Mouctar Diakhaby)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика