"Barselona" va MYU "Vilyarreal" forvardi uchun kurashmoqda
04 iyu 2021 17:17
Yangiliklar
"Barselona" va MYU "Vilyarreal" forvardi uchun kurashmoqda
"Vilyarreal" forvardi Xerard Moreno ikki top-klub etiboriga tushdi.
29 yoshli futbolchiga "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.
Ikki grand klub ham yozgi transfer oynasida futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Transfermarkt tomonidan 40 mln evroga baholanayotgan futbolchi "sariq suvosti kemasi" bilan 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnomaga ega.
Moreno o'tgan mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Fikrlar