“Barselona” triosi Kataloniya derbisini o'tkazib yuborishi mumkin
23 mar 2019 23:37
Yangiliklar


“Barselona” triosi Kataloniya derbisini o'tkazib yuborishi mumkin
Football Espana’ning xabar qilishicha, “Barselona” bo'lajak Kataloniya derbisida jiddiy yo'qotishlarga duch kelishi mumkin.
“Ko'kanorranglilar”ning asosiy hujumchilari turli sabablarga ko'ra, LaLiganing 29-tur “Espanol”ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
Jumladan, Luis Suarez “Betis” bilan uchrashuvda (4:1) oyog'i lat egani bois 10-15 kun davolanadi. Usmon Dembele esa ECHLning “Lion”ga qarshi javob bahsida (5:1) oyog'ining son qismidan orttirib olgan og'rig'i tufayli derbida qatnasha olmasligi mumkin. SHuningdek, klub sardori Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan Venesuelaga qarshi o'tkazgan o'rtoqlik o'yinida (1:3) jarohat olgan. Messining qachon tiklanishi esa hozircha aniq emas.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” va “Espanol” o'rtasidagi to'qnashuv 30-mart kuni, Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar