"Barselona" tibbiyot xodimlari Fatiga jamoa bilan shug'ullanishga ruxsat berdi
02 iyu 2021 20:39
Yangiliklar
"Barselona" tibbiyot xodimlari Fatiga jamoa bilan shug'ullanishga ruxsat berdi
Ispaniyalik futbolchi noyabr oyidan beri maydonga tushmayotgandi.
"Barcelona"ning hujumkor yarim himoyachisi Anssumane Fati tizzasidan olgan jarohatini deyarli tikladi.
Davolash ishlari yaxshi ketmoqda va Kataloniya klubi shifokorlari futbolchiga jamoadoshlari bilan mashg'ulot o'tkazish uchun ruxsat berishdi. U dushanba kuni mashg'ulotlarni boshlashi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Fati to'rtta jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazgan. Biroq, futbolchining tizzasi sekin-asta tuzalib bormoqda.
Fikrlar