So’nggi yangiliklar

17:59Гвардиола Ҳоланднинг спорт формасидан қониқмаяпти  1 17:34"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки ҳимоячи бўйича таклифини рад қилди  1 17:07"Лейпциг" "Барселона"нинг Дани Ольмо бўйича таклифини рад этди  1 16:39"Хави "Барселона"га келгач, ҳаммасини ўзгартирди" — Левандовски  1 16:13Суперлига. "Металлург"да 3, ОКМК ва "Андижон"да 1 нафардан. 14-турни ўтказиб юборадиган футболчилар  2 15:53Расман: "Осасуна" сардори фаолиятини Қатарда давом эттиради  2 15:262030 йилги Жаҳон чемпионати саналари маълум  2 14:59"Ливерпуль" янги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 14:33Ўзбекистон футзал МТЖ етакчиси мундиални ўтказиб юборадиган бўлди  5 14:19"Милан" собиқ устози "Ренн"да иш бошлаши мумкин  1 13:52"Тоттенхэм" "Ливерпуль" собиқ ҳужумчисига қизиқмоқда  1 13:25"Астон Вилла" Лукакуни қўлга киритишни режалаштирмоқда  3 12:58"Боруссия Д" форварди фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 12:32Про лига. 15-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  2 12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  3

"Barselona" Suarezning goli evaziga "Real"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

"Barselona" Suarezning goli evaziga "Real"ni mag'lubiyatga uchratdi

Ispaniya chempionatining 28-turidan o'rin olgan markaziy o'yin, yani "el klasiko" uchrashuvini ushbu sahifa orqali matnli onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

Ispaniya chempionati, 28-tur.

"Barselona" - "Real" 2:1

"Kamp Nou".

Bosh hakam: Antonio Mateu.

Gollar: Mate (19), Ronaldu (31), Suraez (56)

"Barselona": Bravo, Dani Alvesh, Pike, Mate, Alba, Rakitich (Buskets, 76), Maskerano, Inesta (Xavi, 80), Messi, Suarez, Neymar (Rafinya, 84).

"Real": Kasilyas, Karvaxal, Pepe (Varan, 73), Ramos, Marselo, Kroos, Modrich (Lukas Silva, 88), Isko (Xese, 80), Beyl, Ronaldu, Benzema.

Ogohlantirishlar: Pepe (21), Suarez (28), Alba (37), Ronaldu (37), Ramos (45), Karvaxal (48), Modrich (52), Maskerano (62), Isko (64), Alvesh (71).


                                  MATNLI TRANSLYACIYA

                                             YANGILASH


- "Barselona" - "Real" uchrashuvidan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


- "Barselona" g'alaba qozondi!


- UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89` "Real" hisobda orqada bormoqda. Lekin ular hujum qilish o'rniga himoyalanish bilan band.


88` O'zgarish. "Real". Luka Modrich o'rniga Lukas Silva tushdi.


87` Iker Kasilyas!!!!!!!!!!!!! "Real" darvozaboni bu safar Messining zarbasini bartaraf etmoqda...


86` ALBA!!!! IKER KASILYAS!!! Kasilyasni hozir jamoasini muqarrar goldan saqlab qolmoqda. Alba darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib keldi va to'pni darvozaga yo'lladi. Biroq Kasilyas ishonchli o'ynab "Real" muxlislarini olqishlariga sazovor bo'ldi.


85` O'zgarish. "Barselona". Bugungi o'yinni juda bo'sh o'tkazgan Neymar maydonni tark etdi. Uning o'rnini Rafinya egalladi.


84` Luis Suarez o'z nomini yana tabloga yozdirib qo'yishi mumkin edi. Uning bu safargi zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.


83` "Real" shu darajada o'ynamoqdaki, hujumlarni tashkil etishda ham ularda yaxshigina muammolar paydo bo'lmoqda.


82` Ikkinchi bo'lim qiziqarsiz o'tishda davom etmoqda. O'yin tempi past.


81` O'zgarish. "Real". Isko o'rniga Xese Rodrigez tushirildi.


80` O'zgarish. "Barselona". Inesta o'z o'rnini Xaviga bo'shatib berdi.


79` Benzemaning yo'llagan zarbasi "rikoshet" ko'rinishidan so'ng darvozaga qarab borayotgandi. Bravo so'nggi pallada jamoasini goldan qutqarib qoldi.


78` Leo Messi jarima maydonchasi ichidan to'pni darvozaga yo'llash uchun payt poyladi. Lekin uning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.


77` "Real" o'zining bu o'yini bilan Karlo Anchelottining "kursi"ni qimirlatib qo'ymoqda...


76` O'zgarish. "Barselona". Rakitich o'rniga Buskets chiqdi.


75` Neymar!!!!!!!! Neymar bugun bir qator vaziyatlarni ko'kka sovurgani kabi bu safar ham imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.


74` Leo Messi!!!!!! Messi o'z uslubida raqib tomon "yurish" qildi va to'pni darvozaga aylanma tarzda yo'lladi. Birozgina noaniq.


74` "Real"da o'zgarish. Pepe o'rniga Varan tushirildi.


73` Bugun Garet Beyl va Messi o'zlaridan kutilgan o'yinni namoyish etib bera olishmayapti. "Real"ning o'ng qanoti faqatgina Karvaxalning faolligi evaziga qimirlab turibdi.


72` Dani Alvesh hakam tomonidan ogohlantirildi.


71` "Barselona" futbolchilari to'pni nazorat qilishga katta etibor qaratishmoqda. Vaqt esa o'tib bormoqda.


69` Karim Benzemaga qarshi qo'pollik ishlatildi. Belgilangan jarima zarbasidan esa mehmonlar unumli foydalana olishmadi.


68` Neymar! Braziliyalik futbolchi qulay vaziyatga chiqib bordi va to'pni darvozaga tepdi. Lekin noaniq.


67` Karim Benzema hujumda to'pni yo'qotdi. Karim Benzema oddiy vaziyatda to'p oshirishda noaniq o'ynadi.


66` "Barselona" futbolchisi Neymar hujumga otlanayotgan paytda Karvaxal bilan to'qnashuvda yiqildi. Ammo hakam hammasi joyida ekanligini va o'yinni davom ettirish mumkinligini bildirdi.


65` O'yin ancha tinchlanib qoldi. Maydonda futbolchilar bir-birlariga qarshi qo'polroq harakat qilishmoqda. Ikkinchi bo'limda darvozalar oldida deyarli vaziyatlar kuzatilmayapti.


64` Isko endi Neymarni yiqitdi va ogohlantirish ishlab oldi.


62` Xaver Maskerano ogohlantirildi.


61` Maskerano maydon markazida Ronalduni oyog'iga tepdi. Lekin hakam hujum davom etayotgani sabali o'yinni to'xtatmadi. Ronaldu ham bu vaziyatda argentinalik futbolchiga o'z vaqtida "javob" qaytargan ekan. Lekin hakam buni etibordan qochirdi.


60` Bugun Messining o'yini qovushmayapti. Leo jamoasi hujumini rivojlantirish o'rniga aksincha hujumni buzib qo'ymoqda. Hozirgi vaziyatda Messi to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi.


59` "Real" buyog'iga faqat oldinga borish haqida bosh qotirsa ajab emas. Hozirgi vaziyatda Ronalduning bosh bilan yo'llagan zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.


58` O'yin surati pasaygani bilan maydon egalari hisobda oldinga chiqib olishdi.


56` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! LUIS SUAREZ! Dani Alvesh maydon markazidan turib Luis Suarezni qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Urugvaylik futbolchi esa jarima maydonchasi kirishi bilanoq to'pni darvozaga erlatib yo'naltirdi va hisobni 2:1ga keltirdi.


55` "Barselona" burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin bundan naf chiqmadi. Burchak to'plari bo'yicha hisob - 6:6!


54` Bu safargi standart vaziyati ham "Barselona"ga samara keltirmadi. Ramos ikkinchi qavatda xavfni bartaraf etdi.


53` Luka Modrich Messini qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Ogohlantirish va jarima zarbasi.


52` Pepe "Barselona"ning hujumini o'z vaqtida bartaraf etishga erishdi.


51` "Real" hujum qildi. Biroq Marselo va Ronalduning harakatlarini raqib himoyachilari "o'qiy" olishdi va xavfni bartaraf etishdi.


50` Karim Benzema!!!!! Franciyalik hujumchi jamoasining ikkinchi golini kiritishi mumkin edi... Bravo bu vaziyatda yaxshi o'ynadi. 


50` "Barselona" bu galgi jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi.


49` Karvaxal Neymarni qoidani buzib to'xtatib qoldi. Sariq kartochka.


48` Isko "Real"ning hujumini rivojlantirmoqchi bo'ldi. Biroq uning o'ylagan rejasi ish bermadi.


47` Jamoalar shoshilmasdan ikkinchi 45 daqiqalikni boshlashdi. To'p maydon egalarida.


- Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Birinchi bo'lim tugadi! TANAFFUS!


45` Serxio Ramos hakam tomonidan ogohlantirildi.


44` Burchak to'pidan so'ng Garet Beylda qulay imkoniyat paydo bo'ldi. Biroq uelslik futbolchini yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.


43` Krishtianu Ronalduuuuuuuu! Ajoyib va kuchli zarba! Bravoga BRAVO! "Barselona" posboni to'pni bir amallab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


42` Pike nafaqat himoyada, balki hujumda ham jamoasiga ko'maklashmoqda.


40` "Real" ikkinchi golni ham urdi. Lekin bu gol inobatga olinmadi. Garet Beyl bu vaziyatda o'z nomini qaydnomaga yozdirib qo'yishi mumkin edi. Agarda Ronaldu o'yindan tashqari holatda qolib ketmaganida...


39` Pikedan ajoyib "podkat"! Pike pleysteshinda ko'p "FIFA" o'ynasa kerak. Super va toza "podkat"!


37` SHu endi kerakmi? Krishtianu Ronaldu simulaciya qilolmay o'ynasa nima qiladi? Jarima maydonchasida kiraverishda Ronaldu o'zini erga tashladi va yiqildi. Antonio Mateu esa uning bu sanatidan xabardorligini ko'rsatdi va Ronalduga sariq kartochkani ko'rsatdi. Keraksiz joyda ogohlantirish. Xordi Alba ham qaysidir gaplari uchun ogohlantirildi.


36` "Barselona" himoyachilari sal bosimga o'zlarini yo'qotib qo'yishmoqda va juda ko'p bo'sh hududlarni raqiblarga taqdim etishmoqda.


35` Bu nafaqat "el klasiko" yoki olti ochkolik bahs. Bu chempionlik uchun muhim bellashuvlardan biri hisoblanadi.


33` Goldan oldin "Barselona" futbolchilari burchak to'pi tepishgani va ikkinchisi juda xavfli chiqqani yozib tugatmasimdanoq "Real" qarshi hujumdayoq gol kiritdi. O'shandan oldingi vaziyatda Luis Suarezning zarbasi yoki pasidan so'ng Neymar deyarli bo'sh qolgan darvozasni ishg'ol etishni o'rniga to'pni Kasilyasning qo'liga o'z oyoqlari bilan topshirib qo'ygandi. Javobni esa Ronaldu qanday berganini pastda yozib qoldirdim.


31` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDUUUUUUUU! AJOYIB GOL! CHIROYLI GOL! "Real" uchun muhim bo'lgan gol! Karim Benzema to'pni jarima maydonchasi ichiga kirib kelayotgan Ronalduga tovoni bilan oshirdi, Ronaldu esa bir urinishda to'pni darvozaga yo'naltirdi va hisobni tenglashtirdi, 1:1!


30` "Barselona" ketma-ket ikki marotaba burchak to'pini amalga oshirdi. Ikkinchisi ancha xavfli chiqdi.


29` O'yinning ichki muhiti juda yuqori. Haa, xavfli vaziyatlar va hujumlar u qadar ko'p tashkil etilmayotgandir. Lekin maydonning har bir qarichi uchun keskin kurash kechmoqda.


28` Luis Suarez Pepega nisbatan yaqqol qoidani buzdi. Hakam esa unga sariq kartochka ko'rsatdi.


27` MARSELO! Marselo o'z qanotidan markazgacha o'tdi va to'pni darvozaga yo'lladi. Lekin raqib futbolchisi to'p yo'liga tug'anoq bo'ldi. "Barselona" esa qarshi hujumda o'tayotgan paytda Iker Kasilyas Manuel Noyerdek maydon markazigacha chiqib keldi Noyerning uslubidagi harakatlardan birini qo'lladi. Kasilyas boshi bilan chiroyli zarba berdi va to'pni uzoqlashtirdi. Bu ishi jamoasi foydasiga ishladi va xavf bartaraf etildi.


25` "Real" golgacha boshqacha "Real" edi. Goldan keyin esa o'nglanishi qiyin kechmoqda. Asta-sekin vaziyatni qo'lga olib oldinga borishmoqda.


24` Rakitichning burchakdan oshirib bergan to'pi Messiga kelib tushdi. Messi esa orqaroqdan kelayotgan Albaga to'pni uzatdi. Xordi uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.


23` Messining tepgan to'pini "Real" futbolchisi boshi bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pi.


22` To'p oldida Messi va Neymar. Kasilyas esa jonli devorni o'rnatmoqda.


21` Pepe Luis Suarezga qarshi jarima maydonchasi oldida qoidani buzdi va hakam tomonidan ogohlantirildi. Yana bir xavfli nuqtadan jarima zarbasi.


20` Bu futbol. "Real" hujum qildi, "Barselona" esa gol urdi. O'yin davom etadi...


19` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MATE!!!!! Leo Messining jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini Mate boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi, 1:0! "Real" himoyachilari bu vaziyatda shunchaki tomoshabindek golni tomosha qilishdi...


19` "Barselona" jarima zarbasi ishlab oldi.


18` "Barselona" o'yin tizginini o'z qo'liga olishga urinmoqda.


17` "Barselona"ning hujumi! Messi-Neymar-Messi kombinaciyasini argentinalik futbolchi samarali yakunlay olmadi. Neymarning oshirib bergan to'pni Messi boshi bilan darvozaga yo'lladi. Noaniq.


16` "Barselona" hozirda butun jamoa bo'lib o'z jarima maydonchasi oldida harakat qilmoqda. Mezbonlar himoyadan hujumga ko'chishlari qiyin kechmoqda.


15` "Real" kichik ustunlikka ega va ular hujum qilishda davom etishmoqda.


14` "Real" tashabbusni o'z qo'liga oldi va hujumga o'tdi. Karim Benzema jarima maydonchasi ichidan turib Ronaldu tomon to'pni oshirdi. Ronalduning o'tkir burchakdan darvoza tomon yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Keyinchalik esa himoyachilar to'pni maydondan tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak to'pi esa mehmonlar uchun samarali bo'lmadi. Hozirgi vaziyatda "Barselona" himoyachilari Benzema va Ronalduni ko'zdan qochirib qo'yganliklarini alohida takidlab o'tish joiz.


13` ALOOOOOOOO! Qani gol?????? "Real"ning xavfli hujumi!! Ronalduuuuuuuuuu!!! Darvoza to'sini kataloniyaliklarning joniga oro kirmoqda....


12` O'yin surati yuqori emas.


11` Neymar jarima maydonchasi oldida yiqildi. Hakam esa o'yinni davom ettirish kerakligini takidladi.


10` "Barselona" hujumda harakat qildi. Luis Suarez jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilishga urinayotganida Pepe uni zararsizlantira oldi.


9` Pepe o'zining to'p uzatmasi bilan Garet Beylni hujumga chorlamoqchi bo'ldi. Lekin Pepening pasi noaniq chiqdi.


8` Karim Benzema jarima maydonchasi oldidan darvoza tomon zarba yo'lladi. Noaniq. Birinchi urinish samarasiz chiqdi.


7` Hozircha har ikkala jamoaning hujumlari darvoza tomon beriladigan zarbalargacha etib borayotgani yo'q.


6` "Real" to'p bilan muomalada bo'lmoqda. Navbatdagi pozicion hujum uyushtirish rejasi o'xshamadi.


5` Messi o'z yurishini va "ishi"ni boshlab yubordi. Toni Kroosning oyoqlari orasidan "havo" o'tib ketdi.


4` "Barselona" burchak to'pini amalga oshirdi. Biroq bundan naf chiqmadi. "Real" futbolchilari ikkinchi qavatda raqiblariga imkon qoldirishmadi.


3` To'p nazorati maydon egalari tomonga o'tdi. Ilk hujum ham tashkil etildi. Inestaning faolligi evaziga uyushtirilgan hujumni Rakitich gol bilan yakunlashi mumkin edi. Lekin "Real" himoyachilari bu vaziyatda yaxshi harakat qilishdi va to'pni qaytarib yuborishdi. Burchak to'pi.


2` Ronaldu o'z qanotidan oldinga intildi va raqib jarima maydonchasi tomon yo'l oldi. Biroq qanotda Dani Alvesh undan to'pni olib qo'yib xavfni bartaraf etdi.


- UCHRASHUV BOSHLANDI! Demak boshladik... Har ikkala jamoalarga omad tilagan holda, chiroyli va esda qoladigan bahs bo'lishini kutib qolamiz. Bu nafaqat "el klasiko" o'yini. Balki yutgan jamoa Ispaniya chempionligi uchun dadil qadam tashlashi uchun ham juda muhim bellashuv hisoblanadi!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


- Krishtianu Ronaldu "Barselona" darvozasiga 14 marotaba yo'l topishgan erishgan. Lionel Messi esa "Real" posbonlarini jami 21 bor ranjitgan.


- "Real" safidagi Iker Kasilyas "el klasiko"da 36 o'yinda ishtirok etgan. "Barselona"dan esa Xavi eng ko'p maydonga tushgan. Uning hisobida 41 bellashuv mavjud.


- "El klasiko"da "Barselona" jamoasi "Real" darvozasi tomon 453 marotaba yo'l topgan bo'lsa, "Real" futbolchilari raqiblari darvozasiga 432 bor gol kiritishni uddasidan chiqishgan.


- "El klasiko" tarixida bu jamoalar umumiy hisobda 263 marotaba to'qnash kelishgan. SHularning 107 o'yinida "Barselona"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 97 uchrashuvda madridliklar g'alaba nashidasini surishgan. Qolgan 58 o'yinda esa g'olib nomi aniqlanmay qolgan.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Nihoyat siz kutgan daqiqalar etib keldi va yana bir necha daqiqalardan so'ng "el klasiko" nomi bilan mashhur bo'lgan "Barselona" hamda "Real" jamoalari o'rtasidagi bahs start oladi. Ushbu o'yinni maytimiz orqali matnli onlayn tarzida sharhlab boramiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.


O'yinni saytimiz hamkori aleziya.com sayti orqali jonli efirda tomosha (Video TAS-IX hududida) qilishingiz mumkin. 


- Uchrashuv soat 00:45da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика