“Barselona” Suaresning holati bo'yicha rasmiy bayonot berdi

Eldor Akmurzayev
11 yanv 2020, 19:50
“Barselona” Luis Suaresning o'ng oyoq tizzasidan jarohat olganini tasdiqladi va u operaciya stoliga yotishini ma'lum qildi.

Kataloniyaliklarning rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko'ra, urugvaylik forvard 12 yanvarda jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazadi. Operaciyadan keyin esa uning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi bo'yicha xabar beriladi.
32 yoshli futbolchi joriy mavsum “ko'k-anorranglilar” libosida 23 o'yinda qatnashib, 14ta gol (11tasi La Liga, 3 YCHL) urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com