"Barselona" sobiq o'yinchisi Tyago 33 yoshida faoliyatini yakunladi
07 iyu 21:52
Yangiliklar
"Barselona" sobiq o'yinchisi Tyago 33 yoshida faoliyatini yakunladi
Yarim himoyachi Tyago Alkantara o'yinchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar berdi. Alkantara bu qarorga 33 yoshida keldi. Yarim himoyachi so'nggi mavsumlarda doimiy jarohatlari sabab juda kam o'ynadi.
Romanoning qayd etishicha, Tyago futbolda qoladi, faqat futbolchi sifatida emas.
Tyago Alkantara faoliyati davomida "Barselona", "Bavariya" va "Liverpul" klublari sharafini himoya qildi.
Fikrlar