"Barselona" sobiq futbolchisi Pike sotib oladigan klubning ustozi bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 dek 2018, 14:40
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike sotib oladigan jamoasi "Andorra"ga ko'k-anorranglilar sobiq futbolchilari Garsiya Gabriel va Albert Xorkerani taklif qilmoqchi.

Gabriel 2000 yil Sidneyda o'tgan Olimpiada o'yinlarida kumush medal sohibi bo'lgan, Xorkera esa "Barselona" bilan ikki marta Chempionlar ligasida zafar quchgan.

Oldinroq, Kosmos nomli kompaniya egasi hisoblangan Pike "Andorra" klubini sotib olmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi. Klub yil oxirigacha xarid qilinadi. Pike "Andorra"ning 200 ming evrolik qarzini to'laydi va beshinchi ligada o'ynaydigan jamoani professional darajaga olib chiqishga urinib ko'radi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS