"Barselona" shu hafta Xavini iste'foga chiqarishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
16 yanv 2024, 14:50
"Barselona" oldinda turgan ikki uchrashuvda bosh murabbiy Xavi taqdiri bo'yicha bir qarorga keladi.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deku bosh murabbiyni qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Biroq Ispaniya Kubogi 1/8 finalida "Unionistas Salamanka"ga qarshi bahs hamda Ispaniya chempionatida "Betis"ga qarshi uchrashuvda omadsizlikka uchralsa, klub bosslari keskin qaror qabul qilishga majbur bo'ladilar.

Ispaniyalik mutaxassis iste'foga chiqarilgan taqdirda, vaqtincha bosh murabbiy lavozimi "Barselona Atletik" ustozi Rafael Markesga ishonib topshiriladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Cadena Ser