So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

"Barselona" - "Sevilya". Qaysi jamoa g'alaba qozonadi? Yangiliklar

"Barselona" - "Sevilya". Qaysi jamoa g'alaba qozonadi?

"Sevilya" La Liganing 5-turida "Barselona" mehmoni bo'ladi. Saytimizning bazi xodimlari bugun, Toshkent vaqti bilan 23:59 da start oladigan uchrashuv natijasini taxmin qilib ko'rishdi.

Narzulla Saydullaev — "Barselona" o'z maydonida "Sevilya"ga ko'p gol urishni yaxshi ko'radi. Kataloniyada o'tgan oxirgi uchta o'zaro o'yin natijalari: 4:0, 6:1, 4:2. Bugun ham Ronald Kuman shogirdlari g'alaba qozonishlarini kutyapman. Biroq ko'p gol urilmasa kerak.

Abdulaziz Iskandarov — "Barselona" hamda "Sevilya" o'rtasidagi bahs qiziqarli o'tishi shubhasiz. Kuman "Barsa"ning avvalgi mavqeyini tiklashga harakat qilmoqda. Oldingi ikki turda yirik g'alabalarni tantana qilgani bu hech narsani bildirmaydi. Lopetegi esa qanday murabbiy ekanligini "Sevilya"da ko'rsata oldi. Menimcha, bu o'yinda kataloniyaliklar 2-0 hisobida g'alaba qozonadi.

SHerzod Nurmatov — Rakitichni "Barsa"ga qarshi o'yinda ko'rish boshqacha bo'lsa kerak. Lopetegi o'z shogirdlarini bu uchrashuvga astoydil tayyorlagani aniq, lekin baribir "Barsa" g'olib chiqadi deb o'ylayman. CHunki Kumanning ishi ko'rinyapti, jamoa ancha jozibali o'yin ko'rsata boshladi. Taxminim – 3:1.

Faxriddin Ro'ziev — "Sevilya" muhim o'yinlarda o'zini ko'rsata oladigan jamoa. Buni Evropa Ligasining o'tgan mavsumi hamda "Bavariya"ga qarshi superkubok o'yini isbotladi. Dastlabki turlarda yorqin o'yin ko'rsatgan Kumanning "Barselona"si bugun ancha qiynalishi aniq. FIFA kunlariga chiqish oldidan har ikki klub maydonda borini berishiga ishonaman. Taxminimcha, bugun jangovar durang qayd etiladi yoki "Sevilya" bir to'p farqi bilan g'alaba qozonadi.

Dilnoza  APL muxlisi sifatida aytaman, bu uchrashuv menga unchalik qiziq emas. Taxminga kelsak, Messi bor jamoa yutadi.

Qadrli muxlis, siz qanday fikrdasiz? Bugun omad qaysi jamoaga kulib boqadi?

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика