"Barselona" Semeduni 50 mln evroga baholayapti
13 may 2020 01:10
Yangiliklar


"Barselona" Semeduni 50 mln evroga baholayapti
"Barselona" himoyachisi Nelson Semedu tez orada jamoani tark etadi.
26 yoshli futbolchining xizmatlariga PSJ, "Bavariya", "Inter" va "Manchester Siti" klublari qiziqib qolgan. Catalunya Radio xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar" futbolchini sotishga tayyor va uni 50 mln evroga baholamoqda.
"Barselona" rahbariyati Semedu ortiq o'sishga erisholmaydi deb hisoblaydi. Avvalroq portugaliyalik himoyachini Lautaro Martinesga yuboriladigan transfer shartnomasining bir qismiga aylantirilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Malumot uchun, La Liganing joriy mavsumida 21 o'yinda maydonga tushgan Nelson Semedu 2ta samarali uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar