"Barselona" Sanchoni xarid qilish istagida emas
02 may 2020 23:14
Yangiliklar
"Barselona" Sanchoni xarid qilish istagida emas
"Borussiya"ning hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sancho "Barselona" qiziqishlari doirasiga kirmaydi.
Germaniyaning Bild gazetasida yozilishicha, Kataloniya klubi PSJ bilan Neymarning transferi borasida kelisha olmasagina, 20 yoshli Sanchoni sotib olishga harakat qiladi.
Biroq, Mundo Deportivo malumotlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" yosh yarim himoyachiga davogarlik qilgani yo'q. Klub yozda boshqa transferlar ustida ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, Sancho uchun "Manchester Yunayted" klubi asosiy davogar bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar