"Barselona" Rokeni sotadi. Shartnoma shartlari malum
24 fev 2025 18:57
Yangiliklar
"Barselona" Rokeni sotadi. Shartnoma shartlari malum
"Barselona" hujumchisi Vitor Roke tez orada "Palmeyras"ga sotiladi.
Braziliyalik futbolchi ijara asosida "Betis"da o'ynamoqda. U yakshanba kuni sevilyaliklardagi so'nggi o'yinini o'tkazgan ko'rinadi. Sport.es xabariga ko'ra, Roke "Palmeyras"ga o'tishini yakunlash uchun kelasi hafta boshida vataniga boradi. Shartnoma deyarli kelishib olindi.
"Barselona" futbolchini sotishdan taxminan 25 mln evro ishlab oladi – summa iyun oyi oxirigacha to'lanadi. Bundan tashqari, Kataloniya grandi 19 yoshli forvardning bo'lajak sotuv summasidan 20 foizini oladi.
Vitor Roke "Barselona"ga 2024 yil boshida "Atletiko Paranaense"dan 30 mln evro evaziga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar