So’nggi yangiliklar

01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   2 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  6 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  2 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  1 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  1 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  2 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1

"Real" "Kamp Nou"da "Barselona"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Real" "Kamp Nou"da "Barselona"ni mag'lub etdi

Teglar :  Real Barselona
La Liga 7-tur doirasidagi "Barselona" - "Real" o'yini matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Barselona" - "Real" 1:3

Gollar: Valverde (5), Ansu Fati (8), Ramos (63-pen), Modrich (90).

Barselona – Neto, Pike, Langle, Dest, Alba, Buskets (Dembele, 82), de Yong, Fati (Grizmann, 82), Koutino, Pedri (Trinkau, 82), Messi.

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Nacho (Vaskes, 43), Valverde (Modrich, 69), Kazemiro, Vinisius Junior, Kroos, Asensio (Rodrigo, 81), Benzema.

Ogohlantirish: Langle (29).

CHetlatish:

Barcelona

Ansu Fati - 8'

LaLiga . 7-tur

24/10/2020, 19:00

3
:
1
Tugadi

Real Madrid

Federico Valverde - 5', Sergio Ramos - 63', Luka Modric - 90'

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Juan Martinez

45'
90'
8'  Ansu Fati
8'  Jordi Alba
29'  Clement Lenglet
62'  Jordi Alba
82'  Ansu Fati (Antoine Griezmann)
82'  Sergio Busquets (Trincao)
82'  Pedri (Ousmane Dembele)
87'  Jordi Alba (Martin Braithwaite)
90'  Lionel Messi
5'  Federico Valverde
5'  Karim Benzema
19'  Casemiro
37'  Nacho Fernandez
43'  Nacho Fernandez (Lucas Vazquez)
63'  Sergio Ramos
69'  Federico Valverde (Luka Modric)
81'  Marco Asensio (Rodrygo)
90'  Luka Modric
90'  Rodrygo

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Real" safarda "Barselona"dan ustun keldi!

90+3. Endi vaqt etmaydi. "Barselona" ikkinchi bo'limda nursiz o'yin ko'rsatayotgandi. Bunday o'yinning jazosi ham olindi.

5 daqiqa qo'shib berildi.

90. GOOOOOOOOOOLLLL!! "Barselona" himoyasidagi pala-partishliklar natijasida Modrich raqib postini osonlik bilan ishg'ol qildi.

89. Kurtuaaaaaa!!! Messining pasi Bretueytga atalgandi. Kurtua to'pga peshvoz chiqdi.

86. NETOOOOOOOO!!!! Daxshattttt!!! Ramosning kuchli zarbasini Neto oyoqlari yordamida qaytardi!

85. ZARBAAAAAAAA!! Kroosning ikki kuchli zarbasini Neto qaytardi!!! Uxx nuqta qo'yilishi mumkin edi!

81. "Barselona" bir yo'la 3 o'zgarish qildi, "Real"da esa Rodri maydonga tushdi. Umuman olgada ikkinchi bo'limda "Real" "Barselona"ni to'liqligicha nazorat qilmoqda.

79. "Barselona" juda xavfli nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'lgandi. Messining zarbasini jonli devor qaytardi.

78. Messi "Real" jarima maydonchasi ichiga kirib borayotgandi. Himoyachilar amallab to'pni olib qo'yishdi.

76. UXXXXX!!! Varan bo'sh qolgan darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytarib yubordi!

75. "Barselona" xavfli nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'ldi.

70. UXXXX!! Ramosning tepgan to'pi Varanning qo'liga tekkandek ko'rindi. Takroriy lavhada Varanning qo'li tanasiga yopishib turganini ko'rdik. O'yin davom etadi.

67. Koutino "Real" jarima maydonchasi ichida paydo bo'ldi va zarba yo'lladi. To'p yo'liga Varan to'g'anoq bo'ldi.

63. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Ramooossssss!!! Sardor jamoani yana bir bor hisobda oldinga olib chiqmoqda!

62. PENALTIII!!! Langlega sariq!!! "Real" yana bir bor hisobda oldinga chiqib olish imkoniyati bor. To'p oldida Ramos!

61. Umuman olganda, Langle Ramosning kiyimidan tortgandi. VAR ishga tushdi, bosh hakam ekranning yonida.

59. Ramos simulyaciya ishlatganini bittada payqagandim. Kroosning to'p uzatishidan keyin "El Kapitano" o'zini o'zi yiqitdi.

57. Benzemaning kuchli zarbasi anchagina noaniq ketdi. Uning "priceli" yaxshi ishlamayapti bugun.

54. ZARBAAAAAA!! Koutinoning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

52. ZARBAAAAAAA!! Fati Ramos taqibi ostida o'tkir burchakdan Kurtua darvozasini nishonga oldi. Noaniq. Ikkinchi tempdagi hujumda Alba to'pni markazdagi Fatiga oshirgandi. Bu safar pas mo'ljalga etib bormadi.

51. Kazemironing uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

48. "Real" ikkinchi taymni ham yaxshi boshladi. Ketma-ket ikkinchi burchak zarbasini Toni Kroos amalga oshirdi. Ramosning boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga qaytishga tayyorlanishmoqda. Biz ham ekran qarshisiga yaxshiroq joylashamiz.

Ajoyib boshlangan taym zerikarli tempda yakunlandi. Ikkinchi 45 daqiqalikni kutamiz.

45+1. Vinisius uzoq masofani bosib o'tib, qanotdan to'pni markazga oshirmoqchi bo'ldi. Yagona variant edi bu, tajribali Pike ham buni o'qidi va to'pni burchakka chiqarib yubordi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. "Real" tarkibida majburiy o'zgarish. Nacho o'rnini Vaskes egalladi.

41. Nachoning o'ng qanotdan markazga oshirgan to'pini Pike qaytarib yubordi.

39. "Barselona" xavfli hujum uyushtirgandi. Kurtua xavfni bartaraf etdi.

35. Messi hujum markazidagi "bo'lajak Messi" Ansu Fati tomon pas bergandi. To'p Kurtuaning o'ljasi bo'ldi.

SHu o'rinda eslatib o'tamiz, ushbu o'yindan tashqari siz ayni paytda UFC 254 turniri tafsilotlari bilan ham ONLAYN RAVISHDA tanishib borishingiz mumkin. Kechaning markaziy jangida Xabib - Getji to'qnashuvi bo'ladi. Ungacha esa o'zbekistonlik Liliya SHakirova jang qiladi.

29. Yo'q, kutganimdek, penalti belgilanmadi. Takroriy lavhada Kazemiro avvaliga to'pga tegingani va keyinchalik Messini yiqitgani ko'ringandi.

28. UXXXXX!! Messi doimgidek "Real" himoyachisini aldab o'tganidan keyin fol ishlatgandek bo'lishdi. VAR ishga tushdi. Umuman olganda Kazemiro avvaliga to'pga o'ynagan.

24. ZARBAAAAAA!!! Qanotdan oshirilgan to'pga Benzema kuchli zarba yo'lladi. Neto ham to'pni qaytardi!

24. TIBOOOOOO!!! Ajoyib seyv!!! Messi himoyachini aldab o'tdi va zarba berdi. Tibo uning harakatini o'qidi va to'pni qaytardi. 

23. UXXXX!!! Burchakdan oshirilgan to'pga Varan boshi bilan zarba yo'llagandi. Avval darvozabon va keyinchalik Pike to'pni qaytarib yubordi.

21. O'yindan oldin taxminlarni so'rashganida 1:1 degan edim)

19. ZARBAAAAAAA!!! Messi ikki raqibini aldab o'tdi (ungacha oyog'idan zarba qabul qilib oldi) va Kurtua darvozasi tomon zarba yo'lladi. Tibo to'pni ushlab oldi.

15. Koutinoning zarbasini Kurtua ushlab oldi.

14. "Barselona"ning kichik bosimi tugadi. Fatining qanotdan markazga oshirgan to'pini Ramos qaytarib yubordi.

12. UXXXXX!!! "Barselona" xavfli hujum uyushtirayotgandi. De Yongning Messiga oshirgan pasi o'tmadi.

11. Ko'rib turibmizki, urilgan ikki golda ham himoyachilarning bo'sh o'yinlari sabab bo'lmoqda.

9. GOOOOOOOOOOOLLL!!! Albaning qanotdan oshirgan to'pini Ansu Fati osonlik bilan darvozaga yo'lladi. Hisob tenglashdi!!! Ajoyib start uchun rahmat yigitlar!

5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! VAALVEEERDDEEEEE!!! Benzemaning ajoyib pasidan keyin Federiko kuchli zarbasi bilan "Kamp Nou"da hisobni ochmoqda!

4. "Barselona" ilk vaziyatni yaratishga harakat qildi. Ansu Fatiga oshirilgan to'pni Kurtua ushlab oldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Oz qolmoqda. Sabrsizlik bilan kutyapmiz biz ham.

- O'yin boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. Ayni damda unchalik yaxshi holatda bo'lmagan ikki jamoa ham bugun yuqori sifatli o'yin namoyish qilib berishlariga umid qilamiz.

- Telegramdagi sahifamizda bugungi o'yin uchun kichik so'rovnoma uyushtirgandik. Madridliklar ko'p ekan)


- Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. Barchamiz tunlarni, kunlarni sanab, ushbu o'yinni kutgandik. Nihoyat, dunyoni ikkiga bo'luvchi uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика