"Barselona" rahbariyati murabbiylikka APLda ishlayotgan mutaxassis nomzodini maqulladi
17 fev 23:26
Yangiliklar
"Barselona" rahbariyati murabbiylikka APLda ishlayotgan mutaxassis nomzodini maqulladi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deku keyingi mavsumda Xavi o'rniga "Brayton" bosh murabbiyini tayinlashni maqul ko'rdi. De Zerbi vakillari Kataloniya klubi rahbarlari bilan deyarli uch soat davom etgan yig'ilish o'tkazishdi.
Kelishuvni yopishga asosiy to'siq – italiyalik murabbiyning tovon puli, yani taxminan 10 million evro. Agentlar "Brayton" bilan kelishuvga erishish uchun biroz vaqt talab qilishdi. "Barselona" De Zerbining agentlariga agar ular bu masalani hal qilishsa, u 2024 yilning 1 iyulidan boshlab ispan jamoasini boshqarishini kafolatladi.
Roberto De Zerbining "Brayton" bilan bitimi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Avvalroq Xavi Ernandes joriy mavsum yakunlanganidan so'ng "Barselona" bosh murabbiyi lavozimini tark etishini malum qilgan edi.
Fikrlar