"Barselona" qishda Umtiti bilan hayrlashmoqchi. U baribir maydonga tushmaydi
05 okt 2021 23:29
Yangiliklar
"Barselona" qishda Umtiti bilan hayrlashmoqchi. U baribir maydonga tushmaydi
Franciyalik himoyachining "Barsa"dagi sarguzashtlari o'z yakuniga etmoqda.
"Barselona" klubi o'z himoyachisi Samuel Umtiti bilan yanvar oyida xayrlashish niyatida. 27 yoshli himoyachi ushbu mavsumda rasmiy o'yinlarda bir daqiqa ham maydonga tushgani yo'q.
Klub himoyachidan o'tgan yozning o'zidayoq voz kechmoqchi edi. Ammo, Umtiti barcha takliflarni rad etib klubda qolishga qaror qilgandi.
Hozirda klub qiyin ahvoldaligi sabab, maydonga tushmayotgan barcha futbolchilardan qutilish niyatida. Agar franciyalik bunga rozi bo'lmasa, qattiqroq choralar ko'rilishi mumkin. Unga bo'lgan takliflar hali hamon bor va futbolchi ulardan birini tanlashiga to'g'ri keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar