"Barselona" Puchni sotishni rejalashtirmayapti
05 iyu 2022 14:23
Yangiliklar
"Barselona" Puchni sotishni rejalashtirmayapti
"Barselona" yarim himoyachi Riki Puch bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda va shundan so'ng uni ijaraga berib yuboradi.
Oldinroq, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi qiziqish bildirmayotgan futbolchiga falo tarzda "Fiorentina" va "Benfika" klublari qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
Ammo, so'nggi xabarlarga ko'ra, Kataloniya klubi yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmoqchi va faqatgina shundan so'ng uni ijaraga beradi. Bu "Barselona" rahbariyati uchun ham, o'yin amaliyoti olishi mumkin bo'lgan futbolchi uchun ham eng maqul variant.
Puch o'tgan mavsum La Liga doirasida 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
ЖЧ-2026. Ўзбекистон K гуруҳида: Роналду Ўзбекистонга қарши!
Fikrlar